Главная » Yangiliklar » Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi
Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi

Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi
  • Дата релиза: 17-06-18, 17:03
Pedagoglarning nufuzi va oylik ish haqi oshiriladi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta`limi tizimidagi pedagog xodimlarning ijtimoiy mavqeini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori loyihasi QHTBT portaliga joylashtirildi.

Norma.uzning yozishicha, loyiha ko`ra o`qituvchilarning nufuzini yanada oshirish hamda ularni yoshlarga namuna va o`rnak darajasiga ko`tarish maqsadida qator chora-tadbirlar ko`rilishi ko`zda tutilmoqda.
Jumladan:

• eng yaxshi fan o`qituvchilarini xorijga malaka oshirish uchun yuborish;

• Kasaba uyushmasi mablag`lari hisobidan yurtimizning tarixiy-madaniy markazlari va noyob tabiat go`shalariga sayohatlarini tashkil etish;

• pedagoglarni davlat mukofotlariga tavsiya etish salmog`ini oshirish, tarmoqda mukofotlar sonini ko`paytirish;

• bir yilda bir marotaba keng qamrovli bepul tibbiy ko`rikdan o`tkazish;

• sanatoriy-sog`lomlashtirish muassasalarida dam olishlari ko`lamini kengaytirish;

• pedagoglar sulolalarining faoliyatini keng ommalashtirish, ular orasida tanlovlar o`tkazish;

• jamoaviy tanlash huquqini inobatga olgan holda pedagog xodimlar uchun kiyinish standartlarini ishlab chiqish;

• pedagog xodimlarni ularning lavozim vazifasiga taalluqli bo`lmagan ishlarga jalb etishni qat`iyan taqiqlash;

• arzon uy-joylar qurilishi dasturi doirasida uy-joy sotib olishlari uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish kabilar ko`zda tutilgan.

Shuningdek, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy o`rta ta`lim muassasalarining:

• yuqori sinf o`qituvchilari oylik ish haqlarini - 24 foizga,

• boshlang`ich sinf o`qituvchilari oylik ish haqlarini - 10 foizga oshirish taklif etilmoqda.

Bulardan tashqari, tashabbuskor, mahoratli, o`quvchilari fan olimpiadalarida sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritgan pedagoglarni EKIHning 3 dan 20 baravarigacha bir martalik moddiy rag`batlantirish tartibini joriy etish rejalashtirilgan.

Yana bir muhim yangiliklardan biri ulardan ortiqcha hisobotlar va qo`shimcha ma`lumotlarni talab qilish amaliyoti qat`iyan taqiqlanadi.

Direktor jamg`armasi mablag`larini shaffoflik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida sarflash imkonini beruvchi yangi tartib ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi.

Xalq ta`limi vazirligiga ta`lim muassasalari pedagog kadrlarining o`quv yuklamalarini qayta ko`rib chiqish, ta`lim-tarbiya sifatini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va 2018/2019 o`quv yilidan boshlab joriy etish topshiriladi.

Pedagogika yo`nalishidagi oliy ta`lim muassasalariga qabul jarayonida abiturientlar uchun test sinovlari bilan birga bitta fan bloki o`rniga ijodiy imtihon kiritilishi mumkin. Qolaversa, pedagogika sohasidagi ta`lim yo`nalishlariga davlat granti asosida qabul kvotalarini ko`paytirish ham taklif etilayotir.

Loyiha o`zgartirilishi, unga qo`shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: