Pensiya yoshi jahonda o`rtacha 65 yosh. O`zbekistondachi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Pensiya yoshi jahonda o`rtacha 65 yosh. O`zbekistondachi?
- Дата релиза: 19-04-18, 08:48
Bugungi kunda pensiya yoshi O`zbekiston Respublikasida nafaqat Evropa, Amerika, Osiyo mamlakatlari orasida, balki MDH davlatlari ichida ham eng kichik hisoblanib, muddatidan avval pensiyaga chiqish huquqini hisobga olgan holda, o`rtacha erkaklarda 58 va ayollarda 53 yoshni tashkil etadi.
Ma`lumotlarga qaraganda, pensiya yoshi jahonda o`rtacha 65 yosh. Mustaqil davlatlar hamdo`stligi davlatlarida bu ko`rsatkich erkaklar uchun 63 va ayollar uchun 58 yoshni tashkil etadi. Misol uchun, Tojikiston va Qirg`izistonda pensiya yoshi tegishlicha 63 va 58 yosh, Turkmanistonda tegishlicha 62 va 57 yosh bo`lsa, Qozog`istonda erkaklarda 63, ayollarda 58,5 yoshdir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya konsepsiyasi aholi turmush farovonligini oshirish, kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bo`lgan shaxslar, yolg`iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa aholi qatlamlariga moddiy va ma`naviy yordam qo`lini cho`zishda o`z aksini topmoqda.
Harakatlar strategiyasida ham ushbu sohada bajarilish lozim bo`lgan muhim vazifalar belgilangan.
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo`qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo`lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta`minot olish huquqiga ega ekanligi Konstitusiyamizning 39-moddasida ko`rsatib o`tilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti: O`zbekiston tajribasi, amaliyot va istiqboldagi rejalar” mavzuidagi davra suhbatida ham fuqarolarning ushbu konstitusiyaviy huquqlarini ta`minlashning ana shunday dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tadbir Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda o`tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to`lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi hamda 13 martdagi “Pensiyalar va nafaqalar to`lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlariga muvofiq, 2017 yil fevraldan boshlab barcha turdagi pensiyalar va nafaqalar faqat naqd pul ko`rinishida to`lanishi, pensiya va nafaqalar aksiyadorlik tijorat Xalq banki filiallari tomonidan mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan maxsus kassalar orqali, shuningdek, mustaqil harakatlanish hamda pensiyalar va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo`lmagan shaxslarga bevosita ular yashaydigan joyga etkazib berilishi yo`lga qo`yildi.
Sohada bir qancha ijobiy yutuqlarga erishilganiga qaramasdan, Byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi daromadlarini shakllantirish mexanizmlarini zamonaviy moliyaviy siyosat konsepsiyalari asosida takomillashtirib borish, jamg`arma mablag`laridan oqilona foydalanish va uni maqsadli sarflashning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy tadqiq etish lozimligi ta`kidlandi. Buning uchun, eng avvalo, pensiya ta`minoti nazariyasi va pensiya ta`minoti borasidagi davlat siyosati, davlat pensiya ta`minoti tizimidagi pensiyalarning turlari, jamg`arib boriladigan pensiya ta`minoti borasida qonunchilikni takomillashtirib borish muhimligi aytildi.
Ushbu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, sohaga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, arxivlar faoliyatini yanada rivojlantirish fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini kamaytirib, byurokratik to`siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Manba: Darakchi.uz