Peru janubida 7 magnitudali zilzila kuzatildi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Peru janubida 7 magnitudali zilzila kuzatildi
- Дата релиза: 26-08-14, 15:23
25-avgust, dushanba kuni Peru janubida 7,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar berdi “RIA Novosti” AQSh geologiya xizmatiga tayanib.
Yer osti silkinishlari Tambu shahridan 42 kilometr shimoli-sharqda qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 58,9 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilziladan zarar ko‘rganlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilganicha yo‘q.
Seysmologlar fikricha, 6 va undan yuqori magnitudali zilzila kuchli deb hisoblanadi. U infratuzilmani vayron qilishi va qurbonlarni keltirib chiqarishi mumkin.