Главная » Yangiliklar » Pokistondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 400 kishiga yetdi
Pokistondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 400 kishiga yetdi

Pokistondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 400 kishiga yetdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Pokistondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 400 kishiga yetdi
  • Дата релиза: 02-09-14, 22:27
Pokistondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 400 kishiga yetdi

Pokistonda namoyishchilarning politsiya tomonidan tarqatilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 400 kishiga yetdi.

 Politsiya bilan to‘qnashuv namoyish ishtirokchilari bosh vazir qarorgohini egallab olishga uringanidan keyin boshlandi. Olomonni tinchlantirish uchun politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llashga majbur bo‘ldi. Hukumatga qarshi namoyishda 25 mingdan ortiq kishi qatnashdi, ular Pokiston bosh vaziri iste’fosini talab qildi.

 Pokistondagi ommaviy norozilik harakatlari 2014-yil avgusti o‘rtalarida boshlandi. “Pokiston Texrik-e Insaf” mahalliy muxolifat partiyasi rahbari Imron Xon va “Minxadjul Koran” diniy harakati yetakchisi Tohir ul-Qadri tarafdorlari saylovlar natijalarini qalbakilashtirish va korrupsiyada ayblanayotgan Navaz Sharif iste’fosini talab qilmoqda.

 Hukumatga nisbatan norozilik yuqori darajadagi ishsizlik va elektr energiyasi uzatishdagi kunlik uzilishlar bilan chuqurlashib bormoqda.

Логин:
Пароль: