Poytaxtda yangi yo'l belgilari ko'paymoqda
- Категории: Yangiliklar
- Название: Poytaxtda yangi yo'l belgilari ko'paymoqda
- Дата релиза: 27-09-18, 18:00
Svetoforning qizil chirog`iga, barcha yo`l harakati ishtirokchilarini o`tkazib yuborgan holda o`ngga burilish huquqini beruvchi yo`l belgisini o`rnatish boshlandi.
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati axborot berdi.
“Ushbu yo`l belgisi chorrahalarda transport o`tkazuvchanligini oshirish uchun joriy etilmoqda. Shuni ta`kidlab o`tish joizki, harakat ishtirokchilariga (piyodalarni ham) yo`l bergan holda svetoforning qizil chirog`iga ham faqatgina o`nga burilish mumkin. Lekin, harakat davomida boshqa harakat ishtirokchilariga xavf tug`dirilmasligi shart. Bu yo`l belgisi o`rnatilgan chorrahalardagi video-kameralar tomonidan svetoforning qizil chirog`iga boshqa harakat ishtirokchilariga yo`l bergan holda o`ngga burilish qoidabuzarlik sifatida qayd etilmaydi”.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 19 maydagi qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l xaritasi” asosida poytaxtdagi quyidagi chorrahalarda yangi yo`l belgilari qo`yilmoqda:
• Furqat – Islom Karimov chorrahasi;
• Afrosiyob – Beshyog`och ko`chalari chorrahasi;
• Farobiy – THAY ko`chalari chorrahasi;
• Sharof Rashidov – Abdulla Qodiriy ko`chalari chorrahasi;
• Sharof Rashidov – Navoiy ko`chalari chorrahasi;
• Navoiy – Amir Temur ko`chalari chorrahasi;
• Osiyo – Amir Temur ko`chalari chorrahasi;
• Osiyo – Oqqo`rg`on ko`chalari chorrahasi;
• Mirzo-Ulug`bek – Parkent ko`chalari chorrahasi;
• Islom Karimov – Amir Temur ko`chalari chorrahasi;
• Qatortol – Muqimiy ko`chalari chorrahasi;
• Chilonzor – Cho`ponota ko`chalari chorrahasi;
• Chilonzor – KHAY ko`chalari chorrahasi;
• Uyg`ur – Beshqayrag`och ko`chalari chorrahasi;
• Talabalar – Qamarniso ko`chalari chorrahasi;
• Beruniy – Saqichmon ko`chalari chorrahasi;
• KHAY – Kichik Beshyog`och ko`chalari chorrahasi;
• KHAY – Qatortol ko`chalari chorrahasi;
• KHAY – Sharof Rashidov ko`chalari chorrahasi;
• KHAY – Beruniy ko`chalari chorrahasi;
• Qorasaroy – Nurafshon ko`chalari chorrahasi;
• Nurafshon – Sag`bon ko`chalari chorrahasi.
Shuningdek, xabarda qo`shimcha qulayliklar yaratish va tirbandlikni oldini olish maqsadida mazkur yo`l belgisini yana qaysi chorahalarga o`rnatish lozimligi yuzasidan takliflar ham so`ralgan.
Manba: Darakchi.uz