Qanday hollarda transport vositasi jarima maydonchasiga olib ketiladi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Qanday hollarda transport vositasi jarima maydonchasiga olib ketiladi?
- Дата релиза: 19-07-18, 02:02
Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga asosan bir qancha holatlarda transport vositasi ichki ishlar organi xodimi tomonidan jarima maydonchasiga qo`yiladi.
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali qanday hollarda transport vositasi jarima maydonchasiga olib ketilishi mumkinligini yana bir karra eslatmoqda.
Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga asosan quyidagi hollarda transport vositasi ichki ishlar organi xodimi tomonidan jarima maydonchasiga qo`yiladi:
• tormoz, rul boshqaruv tizimida nosozlik bo`lganda yoki ruxsatnomasiz qayta jihozlanganda;
• davlat raqami belgisini echib olib transport vositasi boshqarilganda;
• davlat raqam belgisi yasama yoki o`zgartirilganda, shuningdek transport vositasiga boshqa davlat raqami belgisi qo`yib boshqarilganda;
• tegishli ruxsatnomasiz og`ir vaznli, yirik gabaritli, xavfli yuklarni tashish shuningdek ruxsatnomada ko`rsatilgan harakat yo`nalishidan chetga chiqishi;
• transport vositasi oynasini qoraytirib boshqarish, shuningdek, haydovchining o`rnidan tevarak-atrofni ko`rishni cheklaydigan vositalardan foydalanganda;
• transport vositalariga ruxsatnomasiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalar, shuningdek davlat raqam belgilarini ko`rishni cheklaydigan ashyolar o`rnatish va qoplama surtishi;
• to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzish, yo`l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa;
• haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro`yxatdan o`tkazganlik, unga egalik qilish, egasi yo`qligida undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar ishonchnoma va ijaraga berish shartnomalari, sug`urta polisi mavjud bo`lmasa yoki ro`yxatdan o`tkazilmagan bo`lsa.
• transport vositasini alkogolli ichimlik, giyohvand modda is`temol qilib mast holatda boshqarsa;
• transport vositalarini boshqarish huquqi bo`lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo`lsa;
• yo`l-transport hodisasi sodir bo`lganda, qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi;
• yo`lovchi tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug`ullanganda.
• ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaganda.
Transport vositalarini to`xtash joyiga olib kelish va saqlash bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi yuridik shaxslar sanitariya va yong`inga qarshi qoidalarga rioya qilinishi, transport vositalari to`xtash joyiga va saqlash uchun olib kelinishi vaqtida saqlanishi (o`g`irlik, komplektlarning but bo`lmasligi va shikastlanishi), shuningdek transport vositasi salonidagi shaxsiy buyumlar saqlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Transport vositalarini olib kelish va saqlash bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi yuridik shaxs:
• tabiiy ofatlar (zilzila, dovul, suv toshqini va hokazolar) vaqtida transport vositalari shikastlanganligi;
• transport vositalari ularni saqlash bo`yicha xizmatlar ko`rsatiladigan hududdan chiqqandan keyin berilgan transport vositalarini saqlashga tegishli da`volar uchun javob bermaydi.
Manba: Darakchi.uz