Qanday pullar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Qanday pullar muomalaga yaroqsiz hisoblanadi?
- Дата релиза: 03-10-18, 19:28
Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali muomalaga yaroqsiz bo`ladigan banknotalar haqida ma`lumot berdi. Unga ko`ra, quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo`lgan banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
- bo`laklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan bo`lsa;
- dastlabki rangi o`zgargan yoki rangi o`chgan bo`lsa;
- yongan yoki kuygan holatda bo`lsa;
- qonuniy to`lov vositasi ekanligini ko`rsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50 foizidan ortiq qismiga moy, bo`yoq yoki siyoh to`kilgan bo`lsa;
- banknotada kimyoviy reaktivlar ta`siri bo`lsa;
- muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) o`zgartirilganda, nominali o`zgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar bo`lsa;
- banknotlar aniq bosma xatoga ega bo`lgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yo`qligi yoki noto`g`ri joylashganligi), tasvirlari to`liq bosilmagan yoki surkalib ketgan bo`lsa;
- banknota geometrik o`lchamining 3 mm ga teng yoki undan ortiqqa o`zgargan bo`lsa;
- banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan bo`lsa;
- o`zining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yo`qotib, yumshoq holga kelgan banknotlar.
Manba: Darakchi.uz