Qizim xonadonimizni to`ldirib yuribdi...
- Категории: Yangiliklar
- Название: Qizim xonadonimizni to`ldirib yuribdi...
- Дата релиза: 15-06-18, 15:32
“Qiz yo`q uyda tonglar erta otmaydi” deb yozganda shoirimiz adashmagan edi. Biz toshkentlik Diyora Ahmedovaning dadasi Hojiakbar Rahmatov bilan gaplashganimizda uning mazkur she`rni o`qib, qizalog`ini xonadonini to`ldirib yurganini shukronalik bilan ta`kidladi: “Diyora bir yil oldin yurolmay qoldi. Uni shahar onkologiyasiga yotqizdik. Doktorlar qizimning oyog`ini operasiya qilish kerakligini aytishdi. Buning uchun Hindistonga borib davolanish kerak ekan. Biz 40 kun Hindistonda bo`ldik. Qizimning oyog`iga implantat qo`yildi. U yurolmasdi. Hozir esa, Xudoga shukr, oyoqqa turib ketdi. Bizga bir qator tashkilotlar hamda yoshlar ittifoqi kattayordam berishdi. Chunki bolamni davolatishga mablag`im yo`q edi.
Prezidentimizga katta rahmat. Baraka topsin. Hamma hayrli ishlarning boshida o`zlari turibdi. Shu inson odamlar yuragida mehr-oqibat degan tuyg`uni uyg`otdi. Har kuni, bir mahalla, bir yoshlar ittifoqi eshigimni taqqillatib, hol-ahvol so`rab keladi.
Prezidentimizning topshiriqlari bilan bugun imkoniyati cheklanganlarga uy berilyapti, muhtojlarga yordam qilinyapti. Bundan ortig`i bo`lishi mumkin emas. Men yurtimizda inson taqdiri hamma narsadan ustunligini qizimga qilingan yordamlarda ko`rdim. Bolajonimni oyoqqa turishiga qo`mak bergan hammaga rahmat aytishdan charchamayman. Yaxshilar doimo bor bo`lsin”.
Manba: Darakchi.uz