Главная » Yangiliklar » Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to'lanadi
Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to'lanadi

Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to'lanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to'lanadi
  • Дата релиза: 25-09-18, 15:53
Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to'lanadi
Kelasi yildan boshlab O`zbekistonda YHQ buzilishi qayd etilgan video uchun pul mukofoti to`lanadi, deb xabar qilmoqda Norma.

Xabarda aytilishiga ko`ra, 2019 yilning 1 iyulidan boshlab O`zbekiston hududida videoregistrator orqali qayd qilingan huquqbuzarlik holatlari to`g`risidagi videoyozuvlarni to`plovchi markazlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar jarima.uz sayti orqali bunday dalillarni yubora oladilar. Jamoat transporti va yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar uchun videoregistratorlar o`rnatish majburiy bo`ladi.

“Har bitta xabar uchun uni yuborgan shaxslar undirilgan jarima hisobidan EKIHning 5%i miqdoridagi pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi. Fuqaroning uyali telefon raqami hisobiga yoki plastik kartasiga IIVning byudjetdan tashqari jamg`armasi hisob raqamiga o`tkazilgan mablag`lar hisobidan avtomatik tarzda pul o`tkaziladi. Bunda uning shaxsi sir saqlanadi”, - deyilgan xabarda.

YHQ buzilishi yuzasidan taqdim etilayotgan videoyozuvlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

sodir etilgan huquqbuzarlik holati, transport vositasining rusumi va davlat raqami belgisi, huquqbuzarlik sodir etilgan sana va vaqt aniq aks ettirilishi lozim;
videoyozuvga har qanday tarzda o`zgartirishlar kiritish taqiqlanadi, bevosita huquqbuzarlik holati aks ettirilgan qismini kesib olish bundan mustasno.
Qoida tariqasida, videoyozuvning davomiyligi 120 sekunddan oshmasligi lozim.
YHQ buzilishi haqidagi arizada quyidagi ma`lumotlar bo`lishi kerak: fuqaroning F.I.OI, doimiy yashash manzili, bank hisob raqami, uyali telefon raqami, huquqbuzarlik sodir etilgan joy, sana va vaqt.

Huquqbuzarlik holati haqida xabar bergan shaxsga uni ko`rib chiqish natijasi yuzasidan 15 kun muddat ichida javob yuboriladi.

Shundan so`ng, taqdim etilgan materiallar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi va MJTKning 17-1, 283, 291, 309-1-moddalariga muvofiq, ular yuzasida quyidagi tartibda ish yuritiladi:

ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risida bayonnoma tuzilmaydi, ma`muriy jarima solish to`g`risidagi qaror esa huquqbuzarning ishtirokisiz chiqariladi;
jismoniy shaxs – transport vositasining mulkdori yoxud yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas`ul bo`lgan shaxsi ma`muriy javobgarlikka tortiladi. Ularga pochta orqali qaror nusxasi yuboriladi;
huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi (jarima solish to`g`risidagi qaror yuzasidan shikoyat ko`rib chiqilayotgan hollar bundan mustasno);
jarima solish to`g`risida qaror chiqarilgan kundan e`tiboran 60 kun davomida jarima to`lanishi kerak;
agar yuqorida ko`rsatilgan muddatda jarima to`lanmagan bo`lsa, transport vositasi jarima to`liq to`languniga qadar ushlab turiladi.

DYHXX ma`muriy amaliyot inspektorlari tomonidan 3 ish kuni mobaynida qarorlar qabul qilinadi.

Videoyozuvda aks etgan holat yuzasidan jarimadan boshqa ma`muriy jazo chorasi qo`llangan hollarda, xabar yuborgan shaxslar Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun rag`batlantirish tartibi to`g`risida nizomda nazarda tutilgan tartibda rag`batlantiriladi.

Eslatib o`tamiz, fuqarolar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar haqidagi qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan va muhokamamdan o`tgan. Shunga asosan Vazirlar Mahkamasi 20.09.2018 yilda «Yo`l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi 747-son qarorni e`lon qilgan edi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: