Главная » Yangiliklar » Qrimda 100 kilogrammli cheburek pishirildi
Qrimda 100 kilogrammli cheburek pishirildi

Qrimda 100 kilogrammli cheburek pishirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Qrimda 100 kilogrammli cheburek pishirildi
  • Дата релиза: 07-05-17, 20:49
Qrimda 100 kilogrammli cheburek pishirildi
Qrim tatarlarining Xidirlez milliy bayrami munosabati bilan 100 kilogramm vaznli, 2,5 metrli va kengligi 1,5 metrga teng cheburek pishirildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Dunyodagi eng katta cheburek deb ta’kidlanayotgan ushbu taomni pishirish uchun qariyb 14 kilogramm go‘sht, 75 kilogramm un va bir tonnadan ko‘proq o‘simlik yog‘i sarflandi.

Cheburekni tayyorlash jarayonida ishtirok etganlarning qayd etishicha, pishirish uchun bor-yo‘g‘i ikki daqiqa kerak bo‘lgan. Biroq yog‘ 1,5 kunda qaynab chiqqan. Cheburekni tayyorlashda 18 nafar kishi ishtirok etgan.

Oshpaz Emil Aliyevning ta’kidlashicha, mazkur cheburek rekord natijani qayd etgan. Avvalgi cheburekning uzunligi 2,02 metrga teng edi.

Cheburekni tayyorlash uchun 3100 dollar sarflandi.

Xidirlez munosabati bilan tashkil etilgan milliy sayllar ishtirokchilari cheburekdan tanovul qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: