Ravshan Ermatov JCh — 2014’dagi eng qattiqqo‘l hakam deb topildi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Ravshan Ermatov JCh — 2014’dagi eng qattiqqo‘l hakam deb topildi
- Дата релиза: 16-07-14, 22:27
Braziliyada o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston vakili Ravshan Ermatov eng qattiqqo‘l arbitr bo‘ldi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
FIFA hakami hammasi bo‘lib 14 ta sariq va bitta qizil kartochka ko‘rsatgan.
JCh — 2014 davomida hakamlar tomonidan jami 187 ta sariq kartochka (har bir matchga o‘rtacha 2,92 ta to‘g‘ri keladi) va 10 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan.
Nimchorak finaldagi Kosta-Rika — Gretsiya uchrashuvi musobaqadagi eng qo‘pol o‘yin deb topildi. Unda avstraliyalik arbitr Ben Ulyams 8 ta sariq va bitta qizil kartochka ko‘rsatgan.