Главная » Yangiliklar » Ro‘za tutishning sog‘liq uchun foydali jihatlari
Ro‘za tutishning sog‘liq uchun foydali jihatlari

Ro‘za tutishning sog‘liq uchun foydali jihatlari

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ro‘za tutishning sog‘liq uchun foydali jihatlari
  • Дата релиза: 12-06-16, 21:40
Ro‘za tutishning sog‘liq uchun foydali jihatlari
Tunisdagi tibbiy jurnal 30 nafar sog‘lom kishi (21 nafari — ayollar) ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi, deb yozadi “Islam.uz”. Tahlillar uchta bosqichda — Ramazondan 3 hafta oldin, uning so‘nggi haftasida va uch haftadan so‘ng olindi. Glyukoza, yog‘lar va xolesterinning qondagi miqdori tekshirildi. Ramazonda ro‘za tutganlarning tahlil natijalari juda yaxshi bo‘lib chiqdi.

Ro‘za inson salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazishi haqida ko‘p eshitganmiz. Ammo ushbu faktning yanada batafsil va aniq tasdig‘ini diyetolog shifokorlardan bilib olishimiz mumkin. Ularning so‘zlari tibbiy jihatdan tasdiqlangan. Ro‘za odam organizmining turli organlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq ba’zi misollar bilan maqolada tanishishingiz mumkin.

Miya

Ro‘za vaqtida organizm o‘z yog‘ zaxirasining bir qismini iste’mol qiladi, bu qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, shu tariqa, insult ehtimoli kamayadi.

Yurak

Yurak tana bo‘ylab haydaydigan qonning 10 foizi ovqat hazm qilish apparatiga yo‘naltiriladi. Ro‘za chog‘ida ushbu foiz kamayadi, natijada yurakning ishlash shiddati biroz pasayadi va unchalik charchab qolmaydi. Ro‘zadorning organizmida to‘planib qolgan yog‘lar eriydi, bu qondagi xolesterin miqdoriga yaxshi ta’sir qiladi. Oddiy kunlarda u qon tomirlari devorlariga o‘tirib qoladi va arterioskleroz va baland qon bosimiga olib kelishi mumkin.

Qon

Ro‘za qondagi suv miqdorini kamaytiradi, bu uning quyuqlashishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida, tomirlardagi qon miqdorini kamaytirib, prostaglandin ajralib chiqishini kuchaytiradi. U qon aylanish tizimi ishida muhim rol o‘ynab, tomirlar faoliyati jarayonini ishga tushiradi.

Teri

Terida ham qonda bo‘lgani kabi, suv miqdori kamayadi, bu ko‘plab teri kasalliklari tuzalishiga turtki bo‘ladi. Shuningdek, immunitet oshishi, teri kasalliklari paydo bo‘lishi ehtimolining kamayishi, allergiya kasalliklari kamayishi, husnbuzarlarning ba’zi sabablari bartaraf bo‘lishi, hatto, saraton kasalliklariga chek qo‘yilishiga olib keladi.

Ovqat hazm qilish tizimi

Me’da shirasi ro‘za vaqtida kamroq ishlab chiqariladi, oshqozondagi kislota miqdori kamayadi, natijada esa yarali kasalliklar paydo bo‘lishi ehtimoli pasayadi.

Oshqozon osti bezi

Ro‘za oshqozon osti beziga dam olish imkoniyatini beradi. U shakarni to‘qimalarda to‘planadigan quruq yoki yog‘li moddalarga aylantiradigan insulin ajratib chiqaradi. Agar insulin ovqat ko‘pligi tufayli me’yoridan ortiq ishlab chiqarilsa, u oshqozon osti beziga ziyon yetkazadi va charchoqni keltirib chiqaradi. Oxir-oqibat u o‘z funksiyalarini bajara olmasdan qolib, qonda shakar to‘plashi mumkin, bu esa oqibatda, qandli diabetni keltirib chiqaradi.

Jigar

Jigar ro‘za chog‘ida o‘z faoliyatini kuchaytiradi. Organizmdan siydik pufagi va yo‘g‘on ichak orqali zaharli moddalar chiqib ketadi. Ushbu jarayon organizmda to‘plangan yog‘larni yo‘q qilishga yordam beradi va jigar hujayralarini faollashtiradi.

Buyrak

Ro‘za vaqtida organizmda suyuqlikning kamayishi buyraklar ishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, xususan, qon bosimi pasayishiga olib keladi, bu esa qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilar uchun foydalidir. Shuningdek, ro‘za chog‘ida natriy, oksalatlar va fosfatlar kabi tuzlar konsentratsiyasi kamayadi, bu esa tosh va o‘smalarni hosil qiluvchi cho‘kindilarga to‘sqinlik qiladi.

Ko‘z

Ro‘za tutganda organizmdan chiqariladigan ajralmalar, masalan, ko‘zni fiziologik jihatdan asrash uchun javobgar bo‘lgan ko‘z yoshi miqdori kamayadi. Bundan tashqari, ko‘z soqqasining ichki bosimi pasayadi, natijada glaukoma kabi xavfli kasalliklarda bemorning ahvoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi va ko‘zning to‘r pardasida qo‘shimcha kasalliklar yuzaga kelishi xavfi kamayadi.

Bo‘g‘imlar

Ro‘zador odamning organizmi bo‘g‘im og‘rishiga sabab bo‘ladigan zaharli moddalardan tozalanadi. Tibbiyotda uni ro‘za orqali tozalanib, davolashdan boshqa davosi topilmagan. U, shuningdek, bo‘g‘imlarda ko‘p midorda siydik kislotasi cho‘kib qolishi hamda sifatsiz go‘sht va sut iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan podagra (qo‘l-oyoqlar zirqirab og‘rishi) bilan kasallanish ehtimolini kamaytiradi.
Логин:
Пароль: