Главная » Yangiliklar » Rosetta kosmik apparati Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan to‘qnashdi
Rosetta kosmik apparati Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan to‘qnashdi

Rosetta kosmik apparati Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan to‘qnashdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rosetta kosmik apparati Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan to‘qnashdi
  • Дата релиза: 01-10-16, 00:49
Rosetta kosmik apparati Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan to‘qnashdi
Rosetta kosmik apparati Churyumov-Gerasimenko kometasi bilan nazoratli to‘qnashuv o‘tkazdi. Bu haqda, Yevropa kosmik agentligi bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda. Shu tariqa apparatning 12 yil davom etgan missiyasi yakunlandi. “Xayr, Rosetta”, — deb yozdi agentlik bosh direktori Yan Verner Twitter’dagi sahifasida. Kometani tadqiq etishga mo‘ljallangan apparat 2004-yil 2-martida fazoga chiqarilgan edi. U 2014-yil avgustida Churyumov-Gerasimenko kometasi orbitasiga kirdi. Rosetta kometa orbitasiga kirgan birinchi kosmik apparat bo‘ldi. 2014-yil noyabrida kometa yuzasiga apparatdan ajralib chiqqan Philae zondi qo‘nib, kometa tuprog‘ining namunalarini Yerga yetkazdi. Kometa Quyosh tizimi chegaralariga yaqinlashib qolgani bois missiyani yakunlashga qaror qilindi, negaki endilikda apparatning quyosh batareyalari quvvat ololmaydi.
Логин:
Пароль: