Главная » Yangiliklar » Rossiya ikki ekranli YotaPhone 2 smartfonini 3-dekabrda Londonda taqdim etadi
Rossiya ikki ekranli YotaPhone 2 smartfonini 3-dekabrda Londonda taqdim etadi

Rossiya ikki ekranli YotaPhone 2 smartfonini 3-dekabrda Londonda taqdim etadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiya ikki ekranli YotaPhone 2 smartfonini 3-dekabrda Londonda taqdim etadi
  • Дата релиза: 20-11-14, 20:50
Rossiya ikki ekranli YotaPhone 2 smartfonini 3-dekabrda Londonda taqdim etadi

Rossiyaning Yota Devices kompaniyasi yangi modeldagi YotaPhone 2 smartfonini 3-dekabr kuni Londonda taqdim etmoqchi. Bu haqda kompaniyaning Twitter’iga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

 Smartfon ikkita ekranga ega ekanligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Asosiy displeyi 1920×1080 pikselli 5 dyuymli rangli ekran bo‘lsa, ikkinchisi “elektron siyoh” texnologiyasi asosidagi 960×540 pikselli 4,7 dyuymli oq-qora orqa ekrandir.

 Oq-qora ekranda telefonni blokdan chiqarmasdan turib, asosiy ekrandagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin, bu qurilmaga bir marta olgan quvvatni 50 soatgacha yetkazish imkonini beradi.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinga Rossiyada ishlab chiqarilgan YotaPhone smartfonini sovg‘a qilgani xabar berilgan edi.

 Rossiyaning Yota Devices kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan YotaPhone smartfonining ilk modelini o‘tgan yil oxirida taqdim etgan edi. Yota Devices’ning minoritar aksioneri bo‘lgan “Rostex” korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov yangi telefonni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevga namoyish qilgan, qurilma “100% Rossiya mahsuloti” ekanini ma’lum qilgandi. Keyinroq Chemezov ushbu telefonlarning Singapurda yig‘ilishi, ekranlari Xitoy va Yaponiyada yasalishini ta’kidlab, o‘z ma’lumotiga tuzatish kiritgandi.

Логин:
Пароль: