Главная » Yangiliklar » Rossiyada Telegram’ni blokirovka qilish boshlandi
Rossiyada Telegram’ni blokirovka qilish boshlandi

Rossiyada Telegram’ni blokirovka qilish boshlandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyada Telegram’ni blokirovka qilish boshlandi
  • Дата релиза: 17-04-18, 08:50
Rossiyada Telegram’ni blokirovka qilish boshlandi
Provayderlar Rossiya hududida Telegram messenjerini blokirovka qilishni boshladi. Bu haqda “Interfaks”ga tayanib, Meduza xabar bermoqda.

“Roskomnadzor” rahbari Aleksand Jarov idora Apple va Google’dan Telegram dasturini o‘z do‘konlaridan o‘chirib tashlashini talab qilishini ma’lum qildi.

Saytlarning blokirovkasini kuzatuvchi “Roskomsvoboda” reyestrida Telegram serverlari hozircha paydo bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni Moskva sudi “Roskomnadzor”ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: