Главная » Yangiliklar » Rossiyada uch yoshli qizcha bolalar attraksionidagi sirtmoqqa ilinib qolib, halok bo‘ldi
Rossiyada uch yoshli qizcha bolalar attraksionidagi sirtmoqqa ilinib qolib, halok bo‘ldi

Rossiyada uch yoshli qizcha bolalar attraksionidagi sirtmoqqa ilinib qolib, halok bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyada uch yoshli qizcha bolalar attraksionidagi sirtmoqqa ilinib qolib, halok bo‘ldi
  • Дата релиза: 31-07-14, 00:23
Rossiyada uch yoshli qizcha bolalar attraksionidagi sirtmoqqa ilinib qolib, halok bo‘ldi
23-iyul kuni Rossiyaning Samara shahrida uch yashar qizcha attraksionda uchish vaqtida halok bo‘ldi. Aniqlanishicha, kimdir bolalar tepaligiga qo‘lbola sirtmoq osib qo‘ygan. Attraksiondan tushishga uringan qizchaning boshi sirtmoqqa kirib qolgan va nafasi qaytib, halok bo‘lgan. Bu haqda “Vesti” xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Samara viloyati bo‘yicha tergov-surishtiruv boshqarmasi axborotiga ko‘ra, noma’lum shaxs “Marrakesh” MChJ yozgi ayvonida joylashgan “Labirint” nomli bolalar attraksioni yaqinidagi to‘rli devorlardan biriga qo‘lbola halqa osib qo‘ygan. Bolalar tepaligidan tushayotgan qizcha bo‘yni bilan ana shu sirtmoqqa ilinib qolgan, lekin ahamiyat bermay, yo‘lida davom etgan. Qizaloq havo yetishmaslik natijasida voqea sodir bo‘lgan joyda halok bo‘lgan.

Qizcha bilan kelgan enagasi undan ikki metr uzoqlikda bo‘lishiga qaramay, qizni saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, “Labirint” tepaliklaridan birida bolalar attraksiondan tushishda ushlashlari uchun maxsus arqon osilgan. Biroq aynan 23-iyul kuni arqon o‘rnida ilmoq osig‘liq bo‘lgan. Qizcha unga boshini tiqqan. Kattalar bu halqani bolaning o‘limidan so‘ng ko‘rib qolgan.

Hodisa ustidan “Ehtiyotsizlik natijasida o‘limga sabab bo‘lish” moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Логин:
Пароль: