Главная » Yangiliklar » Rossiyadagi bemorlari ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan kasalxonada tekshiruv o‘tkaziladi
Rossiyadagi bemorlari ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan kasalxonada tekshiruv o‘tkaziladi

Rossiyadagi bemorlari ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan kasalxonada tekshiruv o‘tkaziladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyadagi bemorlari ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan kasalxonada tekshiruv o‘tkaziladi
  • Дата релиза: 01-10-16, 00:50
Rossiyadagi bemorlari ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan kasalxonada tekshiruv o‘tkaziladi
Rossiya federal sog‘liqni saqlash sohasida nazorat xizmati (“Roszdravnadzor”) Moskvadagi Gelmgols nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti mijozlarida ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova xizmatga shunday topshiriq berdi, deya xabar qiladi “Vesti”. OAVga ko‘ra, institutda “Avastin” prepapati bilan ukol qilinganidan so‘ng 9 kishi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan. Shifokorlar bemorlarning ko‘zi yorug‘likni sezayotganini da’vo qilmoqda, biroq ularning o‘zi hech narsa ko‘rmayotganligini bildirdi. Kasalxona xodimlari ommaviy ravishda ko‘rish qobiliyatining yo‘qotish sabablarini o‘rganishga kirishdi. Jabrlanganlardan tahlil namunalari olindi. Preparat solingan shisha idishlarda infeksiya bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Логин:
Пароль: