Rossiyalik ayol "Еvropaning eng go'zal buvisi" bo'ldi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Rossiyalik ayol "Еvropaning eng go'zal buvisi" bo'ldi
- Дата релиза: 24-01-16, 22:45
38 yoshli rossiyalik Еlizaveta Rodina Bolgariyada bo'lib o'tgan "Koinotning eng go'zal buvisi-2016" tanlovida "Еvropaning eng go'zal buvisi" deb topildi. U shuningdek, o'z tanlovi evaziga "Kechki eng go'zal libos" yo'nalishida taqdirlangan. Bu haqda «Vesti» nashri Bolgariyadagi Inlife.bg saytiga asoslanib, xabar bergan.
Birinchi o'rinni esa Bolgariya fuqarosi, Sofiyada istiqomat qiluvchi akusher-ginekolog Greta Kraleva egallagan. Rossiya vakilasi o'z instagramida bu jarayondan suratlarni taqdim etgan.
Dunyoning eng go'zal buvisi bo'lish uchun Bolgariya, Latviya, Singapur, Filippin, Isroil, Ispaniya va Rossiya vakilalari bo'lgan jami 10 nomzod kurash olib bordi.
38 yoshli Еlizaveta Rodina nabirasi Tamara tug'ilgach hamda Rossiyada shunday nomni qo'lga kiritgach, xalqaro tanlovda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.