Главная » Yangiliklar » Rossiyalik ayol ikki farzandini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi
Rossiyalik ayol ikki farzandini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

Rossiyalik ayol ikki farzandini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyalik ayol ikki farzandini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi
  • Дата релиза: 30-08-14, 20:36
Rossiyalik ayol ikki farzandini o‘ldirib, o‘z joniga qasd qildi

Rossiya Federatsiyasi subyekti bo‘lmish Kareliya Respublikasidagi Petrozavodsk shahri tergovchilari o‘z joniga suiqasd qilgan 28 yoshli ayol ishini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Kareliya Respublikasi bo‘yicha Tergov-qidiruv qo‘mitasining mintaqaviy tergov-qidiruv bo‘limi ma’lumotiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.

 Taxminlarga ko‘ra, ayol o‘z joniga qasd qilishdan avval sakkiz yoshli o‘g‘li va sakkiz oylik qizchasini o‘ldirgan. Ayol va bolalarning zo‘ravonlik izlari muhrlangan tanasi 28-avgust kuni Petrozavodskdagi xonadonlardan birida topildi.

 Voqea bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni damda tergov-qidiruv ishlari va sud-tibbiy ekspertiza jarayoni olib borilmoqda.

 Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq shu shaharda istiqomat qiluvchi 39 yoshli ayol politsiya xodimini tishlab olib, vafot etgan edi.

Логин:
Пароль: