Главная » Yangiliklar » Rossiyalik bola magnitga aylanib qoldi
Rossiyalik bola magnitga aylanib qoldi

Rossiyalik bola magnitga aylanib qoldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyalik bola magnitga aylanib qoldi
  • Дата релиза: 20-11-14, 20:42
Rossiyalik bola magnitga aylanib qoldi

Rossiyaning Omsk oblasti Isilkul rayonida yashovchi yetti yoshli bola tok urishidan keyin tanasiga metall buyumlar yopishib qola boshladi, deb xabar bermoqda“ Gazeta.ru”.“Men buni xohlamasam ham, hamma narsa o‘zidan-o‘zi paydo bo‘ladi. Bir kuni hattoki stakan menga yopishib qoldi. U o‘zidan-o‘zi men tomon harakatlandi. Men superqahramon bo‘lish haqida o‘ylayapman”, − dedi bolaning o‘zi.
 Magnit-bolaga vilka, qoshiq va tangalar osonlik bilan yopishib qoladi. Hozirda ikkinchi sinf o‘quvchisi og‘irroq buyumlarni tortishni mashq qilyapti. Shuningdek, u boshqalarni ham vaqtinchalik magnitga aylanishga o‘rgatayotganini aytgan. Jumladan, sinfdosh qizlardan birining so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlardan keyin u burnining uchi bilan qoshiqni o‘ziga tortishni o‘rgangan.

Логин:
Пароль: