Главная » Yangiliklar » Rossiyalik olimlar asab hujayralari tiklanishini isbotladi
Rossiyalik olimlar asab hujayralari tiklanishini isbotladi

Rossiyalik olimlar asab hujayralari tiklanishini isbotladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyalik olimlar asab hujayralari tiklanishini isbotladi
  • Дата релиза: 07-09-14, 21:27
Rossiyalik olimlar asab hujayralari tiklanishini isbotladi

Rossiya Fanlar akademiyasining Moskva shahridagi Biologiyani rivojlantirish instituti olimlari ko‘z pardasi hujayralari orqali asab hujayralarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur yangilik “Tibbiyotda hujayra texnologiyalarining yangi usullari” nomli birinchi Butunrossiya simpoziumida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda Chto-proishodit.ru.

 Bir qancha tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar asab hujayralarini qayta tiklash uchun markaziy nerv tizimining istalgan qismidagi asosiy hujayralar inyeksiyasidan foydalanishni taklif qilmoqda.

 Rossiya Fanlar akademiyasi olimlari asab hujayralarining tiklanishini kalamushlar miyasida sinab ko‘rdi. Tadqiqot natijasida olimlar nafaqat hujayralar tiklanishi, balki miyaning ayrim sohadagi faoliyati yaxshilanganini ham aniqladi.

 Shuningdek, jarohatlangan ko‘z pardasi bilan amalga oshirilgan tadqiqot ham ijobiy natija berdi. Ko‘chirib o‘tkazilgan hujayralar tufayli neyronlar javob berish vazifasi tiklandi.

 Biroq olimlar odamning jarohatlangan orqa miyasi hujayralar ko‘chirib o‘tkazilganda qanday javob qaytarishi haqida hozircha aniq ma’lumotga ega emas. Ular bu borada tadqiqot o‘tkazib, ijobiy natijaga erishsagina, olimlarning hujayralarni ko‘chirish asab tolalari tiklanishida ishonchli yo‘l ekanligi haqidagi fikri o‘z isbotini topadi.

Логин:
Пароль: