Главная » Yangiliklar » Rossiyalik olimlar biosun’iy jigar yaratishdi
Rossiyalik olimlar biosun’iy jigar yaratishdi

Rossiyalik olimlar biosun’iy jigar yaratishdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Rossiyalik olimlar biosun’iy jigar yaratishdi
  • Дата релиза: 06-09-14, 21:48
Rossiyalik olimlar biosun’iy jigar yaratishdi

Rossiyalik olimlar biosun’iy jigar yaratishga muvaffaq bo‘ldi, u transplantatsiya qilinganida ishdan chiqqan jigarning funksiyalari deyarli to‘liq tiklanadi. Bu haqda Informing.ru xabar bermoqda.

 Laboratoriya hayvonlarida o‘tkazilgan, klinikagacha bo‘lgan sinovlar yaxshi natijalarni ko‘rsatdi. Ushbu hujayraviy-injenerlik konstruksiyasi sinab ko‘rilgan hayvonlarning barchasi tirik qolgan.

 Xabar berilishicha, ilik, jigar va o‘ziga xos matrikslar hujayralari asosida yaratilgan biosun’iy jigar jigar to‘qimasiga yoki ingichka ichak qatqorniga kiritiladi. Shundan so‘ng to‘qima injenerligi konstruksiyasi shakllanadi, ya’ni “yangi” jigar qayta ishga tushadi.

 Yangi metodika jigar xastaliklaridan azob chekadigan ko‘plab kishilar hayotini saqlab qolishi kutilmoqda.

Логин:
Пароль: