Главная » Yangiliklar » Ruslan Sharipov yangi estrada guruhini tuzishni rejalashtirmoqda
Ruslan Sharipov yangi estrada guruhini tuzishni rejalashtirmoqda

Ruslan Sharipov yangi estrada guruhini tuzishni rejalashtirmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ruslan Sharipov yangi estrada guruhini tuzishni rejalashtirmoqda
  • Дата релиза: 20-04-17, 19:10
Ruslan Sharipov yangi estrada guruhini tuzishni rejalashtirmoqda
Xonanda Ruslan Sharipov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi. Intervyu jarayonida xonanda kelajakdagi rejalari haqida so`zlab berdi.

“Rejalarim juda ko`p. Sog`lig`im tiklangach, ijodimni yo`lga qo`yaman. Kimlardir uchun emas, o`zim uchun qo`shiq yozishni istayman. Yaqindagina bir tanishim kelib, qo`shiq yozib berishimni iltimos qildi. Rad etdim. Unga ham “Endi xudbin insonga aylanishga ahd qildim” dedim. Bu hazil emas, kelajagimning haqiqati. Rostdan ham birovlarning kelajagini o`ylashni istamayman. Yana bir maqsadim farzandlarimning kelajagi. Ikki qizimda ham iqtidor bor. Kamila hozir Estrada va sirk kollejida ta`lim olyapti. Ovoz imkoniyatlarini eshitib, xursand bo`laman. Bir-ikki yil ichida u bilan shug`ullanib, qizlarning yangi guruhini tuzishni rejalashtirdik. O`ylaymanki, uning kelajagi porloq”,—deydi xonanda kelajakdagi rejalari haqida.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: