Samsung “eng mukammal” xususiyatlarga ega Galaxy S5 LTE-A smartfonini chiqaradi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Samsung “eng mukammal” xususiyatlarga ega Galaxy S5 LTE-A smartfonini chiqaradi
- Дата релиза: 20-06-14, 14:17
Samsung kompaniyasi o‘zining boshqa koreyalik raqobatchisi LG G3 smartfoni uchun munosib javob tayyorladi. Bu Galaxy S5 LTE-A smartfonidir. Ushbu qurilmani dunyodagi eng mukammal smartfon deb atash mumkin, deb yozadi Mail.ru.
Ushbu smartfon hozirgi kundagi eng kuchli 4 yadroli, 2,5 GGs chastotali Qualcomm Snapdragon 805 protsessoriga ega. LTE tarmoqlarida axborotni uzatish tezligi 225 Mbit/soniyani tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Samsung Galaxy S5 LTE-A — eng ilg‘or displeyga ega. Ishlab chiquvchilar 2560×1440 pikselli (Quad HD), 5,1- dyuymli Super AMOLED matritsasidan foydalanishgan. Piksellar zichligi 557 ppi’ni tashkil qilib, hozirgi mobil displeylar ichida yagona bo‘lib qolmoqda. Tezkor xotira sig‘imi — 3 Gb, ichki xotira — 32 Gb (microSD yordamida 128 Gb gacha oshirish mumkin).
Xuddi Galaxy S5 kabi yangi smartfon namlik va chang tushishidan saqlangan. Shuningdek, barmoq izlarini skanerlash va yurak urishini o‘lchash imkoniyatlari ham mavjud. Asosiy kamera 16 megapikselni, old kamera esa, 2 megapikselni tashkil qiladi. Akkumulyator sig‘imi 2800 mA/s ni tashkil qiladi.
Samsung Galaxy S5 LTE-A ning o‘lchamlari — 142×72,5×8,1 mm, og‘irligi—145 gramm. Hozircha, smartfonning faqat Koreyadagi bozorlarga chiqish muddati haqida xabar berilmoqda. Mahalliy operatorlardan birida smartfon hafta oxirida paydo bo‘ladi. Uning narxi 920 dollar deb belgilandi. Qurilmaning keng sotuvga chiqarilishi haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.