Главная » Yangiliklar » Samsung Galaxy S7 edge 3 yoqlama bukilgan displeyga ega bo'ladi
Samsung Galaxy S7 edge 3 yoqlama bukilgan displeyga ega bo'ladi

Samsung Galaxy S7 edge 3 yoqlama bukilgan displeyga ega bo'ladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung Galaxy S7 edge 3 yoqlama bukilgan displeyga ega bo'ladi
  • Дата релиза: 24-01-16, 22:41
Samsung Galaxy S7 edge 3 yoqlama bukilgan displeyga ega bo'ladi

Samsung kompaniyasi o'zining yangi Galaxy S7 edge smartfonining dizayniga alohida e'tibor bermoqda. O'tgan yili ikki tomonga bukilgan displey taqdim etib ko'pchilikni hayratlantirgan CURVED/labs dizaynerlik studiyasi yangi smartfonni 3 tomonlama bukilgan ko'rinishda taqdim etmoqchi.

 

Mualliflarning fikriga ko'ra, bu qurilmaning hajmini kichikroq ko'rinish hosil qilishiga olib keladi. Shuningdek, “Home” hamda ikki sensorli tugmalar ekranning o'ziga joylashtirilishi ham smartfon ekranining ixchamroq bo'lishini ta'minlaydi.

 

Dizaynerlar smartfonga qo'shimcha xotira o'rnatish uchun slotni qaytarishni rejalashtirgan. Galaxy S7 edge’ning orqa paneli metalldan qilingan. Smartfonning asosiy kamerasi korpusdan bo'rtib chiqmagan. Qurilmada USB Type-S porti ham mavjud.

 

Taxminlarga ko'ra, smartfon Barselonadagi MWC 2016 ko'rgazmasida taqdim etiladi.

Логин:
Пароль: