Главная » Yangiliklar » Samsung kompaniyasi rahbari koma holatidan chiqdi
Samsung kompaniyasi rahbari koma holatidan chiqdi

Samsung kompaniyasi rahbari koma holatidan chiqdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung kompaniyasi rahbari koma holatidan chiqdi
  • Дата релиза: 28-05-14, 23:51
Samsung kompaniyasi rahbari koma holatidan chiqdi
Yakshanba kuni Samsung kompaniyasi rahbari to‘satdan komadan uyg‘ondi. O‘sha paytda uning oilasi Li Kun Xi yotgan palatada beysbol matchini shovqin-suron bilan tomosha qilayotgan edi. Bu haqda Mail.ru xabar berdi.
Ayni paytda shifokorlar Li Kun Xi sog‘lig‘i yaxshi ekanini, yurak, o‘pkalar va boshqa organlar me’yorida ishlayotganini ma’lum qilmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, konsern rahbari komaga tushib qolgach, Samsung aksiyalari birdan 4 foizdan ziyodroqqa oshgan. Bu so‘nggi 9 oy ichida kompaniya qimmatbaho qog‘ozlari narxlarining kunduz kungi eng katta o‘sishidir. Uning sog‘lig‘i yaxshilangani haqidagi xabardan so‘ng esa aksiyalar 0,9 foizga arzonlashgan.

Gap shundaki, investorlar konsern ustidan nazorat Li Kun Xining o‘g‘li — 45 yoshli Li Che Yon qo‘liga o‘tishiga umid qilishgan. U ayni paytda Samsung boshqaruv raisi hisoblanadi. Investorlarning fikricha, rahbariyat o‘zgarishi bilan aksiyadorlarga to‘lov tizimi ham qayta ko‘rib chiqilishi kerak edi. Li Kun Xi sog‘ayganidan so‘ng buning amalga oshishi amri mahol.

11-may kuni Samsung Electronics kompaniyasi raisi Li Kun Xi nafas olish tizimidagi muammo sabab shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizilgan, so‘ng komaga tushib qolgan edi.
Логин:
Пароль: