Главная » Yangiliklar » Samsung’ning yangi premium-smartfoni Galaxy F deb nomlanadi
Samsung’ning yangi premium-smartfoni Galaxy F deb nomlanadi

Samsung’ning yangi premium-smartfoni Galaxy F deb nomlanadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Samsung’ning yangi premium-smartfoni Galaxy F deb nomlanadi
  • Дата релиза: 10-06-14, 09:25
Samsung’ning yangi premium-smartfoni Galaxy F deb nomlanadi
Internetda Samsung’ning hali taqdim etilmagan Galaxy F premium-flagmaniga tegishli suratlar paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Mail.ru.

“Telefon yoqilganidan so‘ng paydo bo‘ladigan fonda uning Galaxy F nomi aks etgan”, — deb yozadi nashr. Avvalroq uning Falaxy S5 Prime yoki Galaxy Alpha deb nomlanishi haqida taxminlar bor edi.

U to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 805 protsessori, 3 Gb tezkor xotira va 16 megapikselli kamera bilan ta’minlanadi.



Ekrani 5,3 dyuymli bo‘lsa-da, displey atrofidagi romlarning ingichkalashgani tufayli Galaxy S5 dan ko‘ra kichikroq hajmga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, qurilmaning asimmetrik bo‘lishi xabar qilinmoqda. Ya’ni panelning burchaklari telefonning tepa qismida pastki qismiga nisbatan aylanaroq ko‘rinishda bo‘ladi.
Логин:
Пароль: