Главная » Yangiliklar » ​Sardor Rahimxonning eng katta orzusi Bali orollarida ushaldi
​Sardor Rahimxonning eng katta orzusi Bali orollarida ushaldi

​Sardor Rahimxonning eng katta orzusi Bali orollarida ushaldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Sardor Rahimxonning eng katta orzusi Bali orollarida ushaldi
  • Дата релиза: 06-02-17, 10:55
​Sardor Rahimxonning eng katta orzusi Bali orollarida ushaldi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon Bali orollarida oilaviy hordiq chiqarib, qaytdi.

Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida sayohat taassurotlari aks etgan suratlarini joylamoqda. Ana shunday suratlardan birida Sardor Rahimxonning delfinlar bilan suzayotgani aks etgan. Xonandaning ma`lum qilishicha, delfinlar bilan yaqindan tanishish xonandaning eng katta orzularidan biri bo`lgan va mana shu orzu Bali orollaridagi sayohat chog`ida ushalgan.

“Delfin eng aqlli jonzotlardan biri, insonni his qiladi”, deb yozadi Sardor Rahimxon.

Yana bir suratda esa Sardor Rahimxon suv ostidagi muxlislari bilan “tanishdi”.

Xonandaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini ko`zdan kechirar ekanmiz, Sardor Rahimxonning Bali orollaridagi oilaviy sayohati maroqli kechganligiga amin bo`ldik.

Sayohat davomida xonanda yirtqich alligatorni ovqatlantirdi, fil ustida sayr qildi, Bali orolining o`ziga xos hayvonot olami bilan yaqindan tanishdi, kam uchraydigan qushlar bilan suratga tushdi.


Manba: Darakchi.uz

Логин:
Пароль: