Главная » Yangiliklar » Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...
Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...
  • Дата релиза: 03-07-18, 11:12
Shahzoda jonli ijro haqida gapirdi...
Xonanda Shahzoda jonli ijroda ijod qilish haqidagi savollarga javob berdi. Uchrashuvdagi qiziqarli savol-javoblarni e`tiboringizga havola etamiz...

— Amerikalik xonanda Ronni Jeyms Dio “Fonogrammada berilgan kosertga kserokopiya qilingan pul to`lash kerak”, degandi. Bu fikrga qo`shilasizmi?

— (Miriqib kuladi) Uni haq yo nohaq, deyolmayman. Jonli ijro qiladigan xonanda albatta o`z ustida ishlaydi. Bunday hamkasblarimga fonogrammada ishlaydiganlar yoqmasligi aniq. Hamma narsaning o`z vaqti-soati bor. Lekin ishonchim komil, har bir xonanda jonli ijroga etib keladi va yutuqlaridan g`ururlanib yuradi.

— Xonanda Munisa Rizaeva “Xalqalar do`stligi”ning texnikasi talabga javob bermaydi”, degandi. Ovoz rejissyori Igor Iosis esa aksini ta`kidlagandi...

— Munisaning konsertini ko`rganman, qiynalganini sezganim yo`q. Jonli ijrosi menga juda yoqqandi. Aslini olib qarasa, ijodkorning o`zidan ko`ngli to`lmasligi tabiiy hol. “Xalqalar do`stligi”ning texnikasi esa talabga javob beradi. O`zimizda ham, Moskvada ham jonli ijroda ishlab ko`rganim uchun imkoniyatlarni farqlay olaman.

— Munisaning jonli ijrodagi konserti manzur kelganini aytdingiz. Sizning jonli ijrodagi konsertingiz ham muxlislarga manzur kelgan bo`lardi. Nima to`sqinlik qilyapti?!

— (Kuladi) Xudo xohlasa, yuz foizlik jonli ijroda konsert beraman. To`sqinlik bu – o`zimiz va dangasaligimiz. Ochig`i, vaqtim kamligi uchun o`z ustimda ishlashga imkon bo`lmayapti. Texnika va boshqa holatlarni bahona qilish noto`g`ri. O`zini hurmat qilgan istalgan xonanda jonli kuylay oladi, bu aniq.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: