Главная » Yangiliklar » ​Shahzoda Lolaning ijodiga munosabat bildirdi
​Shahzoda Lolaning ijodiga munosabat bildirdi

​Shahzoda Lolaning ijodiga munosabat bildirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Shahzoda Lolaning ijodiga munosabat bildirdi
  • Дата релиза: 07-02-17, 18:36
​Shahzoda Lolaning ijodiga munosabat bildirdi
Xonanda Shahzoda jurnalist Jasur Hamroevning Facebook`dagi sahifasi orqali muxlislarining savollariga javob qaytardi.

Jurnalistning “Istaysizmi, yo`qmi Lolaning ijodini kuzatishga majbursiz, u haqdagi yangiliklardan boxabar bo`lasiz. Uning ijodiga qanday munosabat bildirasiz?”, degan savoliga Shahzoda quyidagicha javob berdi:

“Samimiy aytaman, u haqiqiy san`atkor. Men bu haqda hammaga aytaman, Lola o`zining “men”iga ega bo`lgan, maqsadi yo`lida dadil qadam bosadigan san`atkorlardan biri. U hech kimdan nusxa ko`chirmaydi. Meni uning hech kimdan nusxa ko`chirmasligini hurmat qilaman. U Lola edi, Lola bo`lib qoldi. Uning o`z yo`nalishi,o`z dunyoqarashi bor va hech narsaga qaramay, u o`z yo`nalishidan bormoqda. Avvalo u san`atkor. U sahnada o`zining fikrlarini va maqsadlarini ifodalay oladi. Uning ijodini kuzatish juda qiziq. U yillar davomida charxlanib, mukammal insonga aylanmoqda. Bu unga otasidan o`tgan bo`lsa kerak”,—deydi Shahzoda.

“Lolaning konsertiga tushmaganimga ancha bo`ldi. Men aslida hamkasblarimning konsertlarida kam bo`laman. O`tgan yili uning konsertiga tushmadim. Biroq, konsertiga tushmasam-da, uning ijodini kuzatish juda qiziq”,—deb javob berdi Shahzoda Lolaning konsertiga oxirgi marta qachon tushgani haqidagi savolga javob berar ekan.

“Lola bilan ‘Sevinch’ filmi suratga olinayotganda tanishganmiz. Shundan so`ng u bilan tez-tez gaplashib turadigan bo`ldik. Keyin u turmushga chiqdi, biz uning to`yiga bordik. 5 yil davomida u estrada olamidan uzoqda bo`ldi. keyin esa munosabatlarimizga nimadir bo`ldi...”,—deydi Shahzoda.

“Lola bilan hozirgi munosabatlarimiz ikki katta yoshli insonlarnikidek, iliq deb ayta olaman. Lekin o`rtamizda nimadir bo`lgan. Nimaligini bilmayman. Balki, bu qizning otani rashk qilishidir. Men hamisha insonlarni tushunishga harakat qilaman. Aminmanki, u otasini juda yaxshi ko`radi. Ich-ichimdan u menga samimiy munosabatda deb o`ylayman. Men har doim uni tushunishga harakat qilaman. Bu undagi otasiga bo`lgan rashkidir. Mening ota-onam ham ajrashib ketgan. Agar mening otam boshqa inson bilan oila qursa, men bundan faqat xursand bo`laman”,—deydi Shahzoda Lola bilan ayni paytdagi munosabatlari haqida gapirar ekan.
Логин:
Пароль: