Shakira Facebook’da 100 million obunachi to‘plab, rekord o‘rnatdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Shakira Facebook’da 100 million obunachi to‘plab, rekord o‘rnatdi
- Дата релиза: 22-07-14, 13:27
Kolumbiyalik pop-yulduz Shakira Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi muxlislari soni 100 milliondan oshgan birinchi shaxs bo‘ldi. Bu haqda Al-Arabiya telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi
Turli tillarda qo‘shiq kuylaydigan Shakira muxlislar soni bo‘yicha Eminem (91,9 million) va Rianna (89 million)dan oshib ketdi.
Qo‘shiqchi, ayniqsa, Braziliyadagi mundial vaqtida ijtimoiy tarmoqning faol foydalanuvchilaridan bo‘lib, JCh stadionlarida suratga olgan ko‘plab fotolavhalarini joylab borgan. Ular ichida Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida olingan fotosurat eng ko‘p — 3,5 milliondan ko‘proq “layk” to‘plagan.
Facebook’ning asoschisi va bosh rahbari Mark Sukerberg Shakirani shunday katta miqdorda obunachilar to‘plagani bilan tabrikladi. Qo‘shiqchi esa, o‘z navbatida, Facebook haqida iliq fikrlar bildirdi. “Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook men kabi boshqa san’atkorlarga ham sahna va muxlislar orasidagi bo‘shliqni yo‘qotishga yordam berdi”, — dedi yulduz.
Shuningdek, u o‘z muxlislariga ajratgan e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildirdi va ularga bag‘ishlangan maxsus video tayyorlab, Facebook’dagi sahifasiga joyladi.
Eslatib o‘tamiz, 13-iyul kuni Jahon chempionatining yopilish marosimida Shakira o‘zining “La la la (Brazil