Shar`iy nikoh maxsus ruxsatnomaga ega imom tomonidan o`qiladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Shar`iy nikoh maxsus ruxsatnomaga ega imom tomonidan o`qiladi
- Дата релиза: 18-05-18, 09:35
Nikohga kiruvchilar muayyan bilim va tajribaga ega bo`lishi, ham jismonan, ham ma`nan oila qurishga tayyor bo`lishi shart. Lekin ayrim ota-onalar tomonidan ana shu jihatlarga etarlicha e`tibor qaratilmayotgani tufayli qizlarni erta turmushga berish holatlari kuzatilmoqda.
Andijon viloyatida bu borada samarali ishlar olib borilmoqda, deb yozadi O`zA.
"Yigit-qiz o`rtasida nikoh rishtasini bog`lashdan avval ularning balog`at va kamolotga etganiga e`tibor qaratish lozim. Nikohga kirishdan oldin yoshlar har jihatdan oilaviy hayotga tayyor, zarur bilim va tushunchaga ega bo`lishi kerak. Shundagina barpo bo`layotgan yangi oilaning poydevori mustahkam bo`ladi va hayotning turli sinovlariga dosh bera oladi", - deydi O`zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarov
Erta nikoh holatlari tahlil qilinganda, aksariyat oilalarda ma`naviy muhit barqaror emasligi, farzand tarbiyasiga e`tiborsizlik bilan qaralgani aniqlangan. O`zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakilligi tomonidan viloyat xotin-qizlar qo`mitasi, mahalla fuqarolar yig`inlari, Yoshlar ittifoqi faollari va boshqa mas`ul tashkilotlar hamkorligida mahallalarda ota-onalar, ta`lim muassasalari o`quvchilari ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Erta turmush va yaqin qarindoshlar o`rtasidagi nikohlar salbiy oqibatlarining oldini olish bo`yicha keng ko`lamli tushuntirish-targ`ibot ishlari olib borilmoqda.
Andijon shahridagi “Abu Hurayra” jome` masjidi imom-xatibi Sh.Musaboev, turli tadbir va marosimlarda aholiga ana shunday holatlarga yo`l qo`ymaslik borasida tushuntirishlar olib borilayotgani va erta nikohning oldini olish maqsadida shar`iy nikohlar faqat maxsus ruxsatnomaga ega imomlar tomonidan qonuniy nikohdan o`tilgandan so`nggina o`qilishi qat`iy belgilab qo`yilganini aytdi.
Manba: Darakchi.uz