Shavkat Mirziyoyev Navoiy va Buxoroga tashrif buyurdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Shavkat Mirziyoyev Navoiy va Buxoroga tashrif buyurdi
- Дата релиза: 25-09-16, 19:24
O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev 24-sentabr, shanba kuni Navoiy va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturiga tayanib.
Navoiy viloyatida u “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xususan, polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqaruvchi, shuningdek, ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi korxonalar majmuasi qurilishi bilan tanishdi.
“Navoiyazot”ning yana bir muhim loyihasi — azot kislotasi ishlab chiqaruvchi tashkilot, u zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, yiliga 500 ming tonna azot kislotasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
So‘ng Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi obodonlashtirish ishlarini tekshirdi. Viloyat va shahar rahbariyati ishtirokida Navoiyning bosh rejasi amalga oshirilishining borishi, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha vazifalar, arzon turar-joy qurish masalalari muhokama etildi.
Viloyat bo‘ylab safar chog‘ida Prezident vazifasini bajaruvchi paxta dalalarini ko‘zdan kechirdi va Karmana tumani fermerlari bilan suhbatlashdi.
Shu kuniyoq Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilish maydonida bo‘ldi. 2,6 milliard dollarlik loyiha Rossiyaning “LUKOYL” neft kompaniyasi bilan hamkorlikda, Koreyaning Hyundai Engineering va Singapurning ENTER Engineering kompaniyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev obyektda “LUKOYL” prezidenti Vagit Alekperov bilan uchrashdi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. manba: Daryo.uz