Sitora Alimjonova: «Menga choh qaziganlar hamkasblarim ekan…»
- Категории: Yangiliklar
- Название: Sitora Alimjonova: «Menga choh qaziganlar hamkasblarim ekan…»
- Дата релиза: 19-04-18, 08:48
U – eng xushchaqchaq aktrisalardan biri. Muxlislari shuning uchun ham yaxshi ko`rishadi. Bugun ularning ayrimlari Sitora ALIMJONOVA og`ir kasalga chalinibdi, deya tashvishda yurgani ham rost. Bariga oydinlik kiritish maqsadida akstrisa bilan uchrashdik.
— Turmush qurdingiz. Hayotingizda yaxshio`zgarishlar bo`ldi!
— Ha, yaxshi o`zgarishlar ko`p. Asosiy vaqtimni uyda, oilam bilan o`tkazyapman. O`zim bilmagan holda «uy qizi»ga aylanib qoldim. Xabaringiz bor, to`ydan keyin ancha gap – so`zlar bo`ldi. Shu voqealar sabab, yon-atrofimdagilarning qay birihaqiqiy do`stu kimlar nosamimiy munosabatda ekanini bildim.
— Haqiqatan ham, ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda aytilmagan gap qolmadi hisob. Ularga javoban, «Bu hamkasblarimdan birining ishi», dedingiz. Xo`sh, sizni yomonotliq qilmoqchi bo`lganlar kim?
—Meni to`g`ri tushuning, ularning kimligini oshkor qilolmayman. Muhimi, o`zim uchun kerakli xulosaga keldim. Qasdlashish fikridan yiroqman. Kimki birovga yomonlik tilasa u aslo javobsiz qolmaydi. Menga choh qaziganlarni Yaratganning hukmiga havola qilib qo`ya qoldim. Har kimga O`ZI munosib mukofotu jazoni beraveradi.
—Shuncha mashmashalardan keyin ham yo`q bo`lib qolmaganingizni ko`rishyaptimi ular?
—Ha. Do`st – dugonalar orasida gap qilishga urinishdi-yu, ammo niyatlariga eta olishmadi. Xudoyim hammasini ko`rib, bilib turibdi-ku, axir, nega odamlar buni o`ylashmaydi, hayronman.
— To`y bilan bog`liq gap – so`zlardan keyin «endi Sitorani kinoga chaqirishmaydi», deyilganini ham eshitdik...
— Buni qarangki, aksi bo`ldi. To`ydan so`ng bir hafta o`tib davlat buyurtmasi asosida suratga olingan «Yolg`on girdobi» nomli filmda rol o`ynadim. So`ng «Yosh oila» serialida suratga tushdim. Hozir serialning ikkinchi fasliga tayyorgarlik ishlari ketyapti. Bu orada s`yomka ishlari bilan Taylandda bo`lib qaytdim. Ijod bilan bandligim ham kimgadir yoqmadi chog`i «Turmushga chiqqan bo`lsa, nega yana s`yomkama-s`yomka yuribdi», deganlar bo`ldi. Ochig`i, odamlarga tushunib bo`lmaydi, nima qilsangiz ham albatta, gap topishadi.
— Ha-da, uyda kelinlik vazifalarini bajarsa bo`lmaydi, deb qiziqishadi.
— Hammasiga ulguryapman. Ammo hadeb kishining shaxsiy hayotiga aralashaverish noto`g`ri. To`ydan keyin filmlarda suratga tushgan bo`lsam-da, saldan keyin biroz tanaffus qilishimga to`g`ri keldi. Sababi tobim bo`lmadi. Hozir ancha yaxshiman. Yaqinda Bahrom Nazarovning «Hijron» klipida suratga tushdim.
— Darvoqe, sizni og`ir dardga chalinibdi, deb eshitgandik?
— Juda ham ozib ketganimgami, ko`pchilik biror dardga chalingan bo`lsa kerak, deb o`yladi. Ba`zilar qattiq siqilganidan shu ko`yga tushib qolgan ham dedi. Ammo ozganimning sababi bu emas. Buyragim xastalangan ekan. Bir fursat muolaja olishimga to`g`ri keldi. Haligina tobim bo`lmadi, deb shuni nazarda tutgandim.
— Ali Otajonov bilan ekranda bir – biringizga mos juftliksiz va «Hijron» klipida bu yana bir bor o`z isbotini topgan.
— Ali bilan bir – birimizni yaxshi tushunamiz va ekranda ideal juftlik ekanimizni ko`pchilik e`tirof etadi. Uning aktyorlik mahorati zo`r!
— Klipda o`z maqsadiga erishish uchun oilasiga xiyonat qilgan aktrisani ijro etgansiz. Tomoshabin noto`g`ri fikrga borishi mumkin, deb qo`rqmadingizmi?
— Rosti juda ko`p o`yladim. Klip rejissyoriga: «Shuncha gap – so`z aylanayotgan bir paytda siz menga shu rolni taklif qilyapsiz», dedim. Ammo u rolning tarbiyaviy ahamiyati haqida tushuntirib, hech nimadan qo`rqmasligimni tayinladi. Єahramonim aktrisa emas, u orzusiga etisha olmagan bir qiz, xolos.
— Durdona To`laganova bilan hamkorlik qilmay qo`ydingiz, nega?
— Durdona opa kino olmayapti. Bilishimcha, bir nechta ko`rsatuvlarda ishlayotgan ekan. Shu bois avvalgidek hamkorlik qilmayapmiz. Yangi film suratga olinadigan bo`lsa, ehtimol, yana birga ishlash nasib qilar.
— Sizni uyatga qo`ygan ish bo`lganmi hech?
— ... Anig`ini aytolmayman-u, menimcha bo`lgan. Ka-a-atta voqea bo`lmasa-da, «nega shunday bo`ldi», deb qilgan ishimdan uyalgan paytlarim bo`ladi.
— Siz eng kuchli, deb bilgan aktrisalarning uchtasini sanab bering. Ular kimlar?
— Dilnoza Kubaeva, Zarina Nizomitdinova va Yulduz Rajabova.
— Sitora Alimjonova degani ham bor, eshitganmisiz. Xo`sh, nega u ro`yxatda yo`q?
— (kulib) O`zim haqimda professional aktrisaman, deyolmayman. Hali o`rganishim kerak bo`lgan narsalar ko`p. Payti kelsa, kuchli aktrisalar safidan joy olaman, degan umiddaman.
— Siz bilan suhbatlashib shuni bilyapmanki, ishingizdan, hayotingizdan mamnunsiz.
— Ha!
— Baxtlimisiz?
— Shukur, baxtliman.
— Asosiysi ham shu.
— Har kimning gap – so`ziga e`tibor qilaversam, o`zimga jabr bo`larkan. Yaxshisi, o`zim to`g`ri deb bilgan hayotda baxtli yashaganim afzal.
— To`g`ri aytasiz, baxtli bo`ling!
— Rahmat!
Dildora YuSUFBEKOVA suhbatlashdi
Fotomuxbir: G`ayrat UBAYDULLAEV
Manba: Darakchi.uz