Sudma-sud yuribdi. Sizga shov-shuv kerakmi...
- Категории: Yangiliklar
- Название: Sudma-sud yuribdi. Sizga shov-shuv kerakmi...
- Дата релиза: 16-03-18, 15:30
Aktrisa Sitora Farmonova bundan 3-4 yil ilgari saytlarning biri qilgan tuhmat tufayli “zapret”ga uchragani haqida ochiqcha gapirib o`tdi...
— Erkin ijod qilolmayotganimdan depressiyaga tushib qoldim. Vaholanki, kunora ekranlarda ko`rinavermayman, tadbirlaru tele-radioloyihalarga ham chaqirishsa boraman, bo`lmasa yo`q, biroq qaysidir ma`noda ijodim chegaralangani juda qattiq ta`sir qildi.
O`zim uchun ko`p narsalarni bildim, o`sha paytlari qarindoshlarim orasida ham yuzimga kulib turib, «Sizni «zapret»ga tushirishibdimi» deganlari bo`ldi. Hol-ahvolingizni so`rab, «Shunday bo`libdi» degan qayda-yu, kulib turib «o`yib» olish qayda. Ijtimoiy saytlardan birining nohaq ayblovi ham nomimni bulg`adi: «Sitora Farmonova «KVN» o`yinlarida o`zbek millatining ustidan kuldi! Shuning uchun lisenziyasini olib qo`yishdi», deya. Agar men shunday ish qilganimda, bu allaqachon ijtimoiy tarmoqlarga tarqab ketgan bo`lmasmidi? Buning ustiga, nega men o`z millatimni kulguga olaman, bu menga nima uchun kerak? O`sha saytni deya qancha haqorat eshitdim, hatto po`pisa qilganlar meni tuzini eb tuzlug`iga tupurganlikda ayblaganlar ham bo`ldi. Nomimni oqlayman, nohaq gap qilishganini isbotlayman deb Rossiyaning «Birinchi kanali» rahbariyatidan «KVN»dagi har bir sahna chiqishining montaj qilinmagan va tayyor nusxalarini yozdirib oldim. Ijtimoiy saytga joylangan videotasmalarni yig`dim, maqsadim o`sha saytni sudga berish edi. Negaki «O`zbekkonsert» uyushmasining taqiqqa tushirishi meni «KVN»da ishtirok etishim bilan bog`liq emasdi. Ammo prodyusserim meni sudlashishdan qaytardi. «Yana gap qilishadi, sudma-sud yuribdi. Sizga shov-shuv kerakmi», deya.
— Sizga tuhmat qilganlarni kechirdingizmi?
— Yo`q, kechirmayman! Har narsaning javobi bor, shunchaki ularning nog`orasiga o`ynaganim yo`q. Kutdim va nomim oqlanishiga ishondim. Shukr, bugun yuzim yorug`!
Manba: Darakchi.uz