Tanasidan 16ta igna topilgan bolaning ahvoli haqida shifokor ma`lumot berdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Tanasidan 16ta igna topilgan bolaning ahvoli haqida shifokor ma`lumot berdi
- Дата релиза: 08-02-18, 09:31
Yanvar oyida ijtimoiy tarmoqlarda eng ko`p muhokama bo`lgan, foydalanuvchilarni chuqur hayajonga solgan xabar — tanasidan 16 ta igna va sim bo`lagi topilgan chaqaloq taqdiri atrofidagi fikr-mulohazalar hali-hamon poyoniga etgan emas.
Ammo... Respublika Bolalar jarrohlik markazi bosh shifokori Habibulla Akilovning “Yoshlar” telekanaliga bergan intervyusida ma`lum bo`lishicha, ayni damda 11 oylik Azizbek Abdumajidovning ahvoli barcha ko`rsatgichlar bo`yicha kundan kunga ijobiy tomonga o`zgarmoqda, deb yozadi "Xalq so`zi" nashri.
“Qon tahlili, siydik tahlili ko`rsatgichlari, yaralarning bitishi, tana harorati ijobiy tomonga o`zgardi. Bola ema boshladi, ichak tizimi yaxshi ishlab ketdi, qon bosimini bolaning o`zi ushlab turibdi. Oldin bola koma, koma 1, koma 2, holatida baholangan bo`lsa, hozir o`ziga kelish arafasida. Otini aytsangiz ko`zini ochmoqda”, — deydi Habibulla Akilov.
Shifokorning aytishiga qaraganda, bolaning tanasida yana 3ta igna qolgan. Lekin ular sog`liq uchun xavf tug`diradigan joyda joylashmagani tufayli, hozircha ularga tegilmaydi. Bola 5-6 yosh bo`lgandan keyin, kerak bo`lsa, ular ham olib tashlanishi mumkin. Bunday vaziyatlar oldin ham bo`lgan. Hattoki 22ta ninani yutgan bemor ham tibbiy elak yordamida, operasiyasiz davolangan.
Ta`kidlash joizki, ushbu voqea butun O`zbekiston aholisini larzaga soldi. Voqeadan xabar topgan kishi borki, u bolakayning taqdiriga befarq qarab tura olmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda aksariyat bolaning sog`ayib ketishiga umid bildirishmoqda.
Respublika Bolalar jarrohlik markaziga o`z ishi bilan kelgan, butunlay begona kishilar ham bolaning sog`ligi bilan qiziqmoqda. Uning yaxshi bo`lib qolganini eshitib, ular ham shifokorlarga minnatdorlik bildirishmoqda.
Manba: Darakchi.uz