Главная » Yangiliklar » Tish og‘rig‘idan qutulishning eng samarali vositasi ma’lum bo‘ldi
Tish og‘rig‘idan qutulishning eng samarali vositasi ma’lum bo‘ldi

Tish og‘rig‘idan qutulishning eng samarali vositasi ma’lum bo‘ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tish og‘rig‘idan qutulishning eng samarali vositasi ma’lum bo‘ldi
  • Дата релиза: 21-04-18, 08:47
Tish og‘rig‘idan qutulishning eng samarali vositasi ma’lum bo‘ldi
AQShning Keys Vestern universiteti qoshidagi Stomatologik tibbiyot maktabi olimlarining aniqlashicha, ibuprofen va yallig‘lanishga qarshi boshqa nosteroid preparatlar tish og‘rig‘i vaqtida opioiddan ko‘ra yaxshiroq yordam beradi. Bu haqda MedicalXpress xabar qildi.

Shifokorlar tish og‘rig‘ini yengillashtiruvchi dorilarning samaradorligi va xavfsizligi tahliliga bag‘ishlangan beshta tadqiqotning tizimli kuzatuvini olib borgan. Mutaxassislarning fikricha, narkotik moddalarni faqat favqulodda holatlarda qo‘llash mumkin, chunki ular ko‘p miqdorda qo‘llanganda zarar yetkazishi mumkin. Salomatlik milliy institutining ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni 115 nafar amerikalik opioidlarning ortiqcha dozasi sababli vafot etadi.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, xavfsiz va samarali bo‘lgan eng yaxshi vosita atsetaminofen bilan yoki usiz qo‘llanilgan nosteroid preparatlar hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: