Tish yuvayotganda suvni o`chirib tursangiz, 10 litr suvni tejagan bo`lasiz
- Категории: Yangiliklar
- Название: Tish yuvayotganda suvni o`chirib tursangiz, 10 litr suvni tejagan bo`lasiz
- Дата релиза: 15-04-18, 14:46
Tish yuvayotganda suvni o`chirib tursangiz, 10 litr suvni tejagan bo`lasiz
Toshkent kimyo texnologiyalari institutida O`zbekiston Ekologik harakati va Ekoharakat Toshkent shahar hududiy bo`limi hamkorligida 15 aprel – Ekologik bilimlar kuniga bag`ishlangan “Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishning dolzarb vazifalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O`zbekiston Ekologik harakati yoshlar o`rtasida ekomadaniyatni, atrof-muhitni asrash tuyg`usini shakllantirish borasida qator ishlarni olib bormoqda. Bu borada ommaviy axborot vositalarining ahamiyati muhimligi hisobga olinib, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda «Ekologik iste`mol madaniyati», «Chiqindilarni boshqarish» va «Suvni asrash» mavzularida roliklar tayyorlanib, televidenie orqali efirga uzatilmoqda.
Davra suhbatida ekologik madaniyatni har kim o`zida shakllantirishi lozimligi ta`kidlanar ekan, masalaning dolzarbligi bir qancha misollar orqali tushuntirib berildi. Misol uchun, tish yuvayotib jo`mrakdagi suvni o`chirib tursak, 10 litrgacha suvni tejashimiz mumkin ekan. Yoki yoz kunlari poytaxtda har bir inson o`rtacha 1000 litrgacha suvni sarf qiladi. Bu raqamlarni butun aholi soniga ko`paytirsangiz, kunlik, oylik suv sarfining miqdori hosil bo`ladi va masalaning dolzarbligini yanada yaqqol tasavvur qilasiz. Davra suhbatida talabalarga ma`lumotlar ana shunday aniq, ravon, ta`sirli va dalillarga boy tarzda tushuntirib berildi.
Tadbir so`nggida bugungi kundagi dolzarb ekologik muammolarga bag`ishlangan videoroliklar namoyish etildi.
O`z.A
Manba: Darakchi.uz