Главная » Yangiliklar » ”Titanik-2” 2018-yilda birinchi sayohatiga yo‘l oladi
”Titanik-2” 2018-yilda birinchi sayohatiga yo‘l oladi

”Titanik-2” 2018-yilda birinchi sayohatiga yo‘l oladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ”Titanik-2” 2018-yilda birinchi sayohatiga yo‘l oladi
  • Дата релиза: 12-02-16, 23:15
”Titanik-2” 2018-yilda birinchi sayohatiga yo‘l oladi
Bundan 104 yil oldin Atlantika okeanida halokatga uchragan yo‘lovchi laynerining aynan nusxasi — “Titanik-2” 2018-yilda o‘zining birinchi safariga chiqadi. Bu haqda loyihani amalga oshirayotgan Blue Star Line kompaniyasi vakili ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. 9 palubadan iborat yangi kemaning uzunligi 270 metrni, balandligi 53 metrni va suv sig‘imi 40 ming tonnani tashkil etadi. 840 ta kayutada 2400 yo‘lovchi va 900 nafar ekipaj a’zosi joylashishi mumkin. Sayohatchilar ixtiyorida xuddi oldingidek birinchi, ikkinchi va uchinchi toifadagi kayutalar bo‘ladi. Kema Xitoyning Szyansu provinsiyasida qurilmoqda. “Yangi ‘Titanik’ albatta, zamonaviy evakuatsiya vositalari, sun’iy yo‘ldosh nazorati, raqamli navigatsiya va radiolokatsiya tizimi bilan jihozlanadi”, — dedi Blue Star Line kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori Jeyms Makdonald. Sautgemptondan Nyu-York shahriga yo‘l olgan birinchi “Titanik” 1912-yilning 14-aprel kuni, soat 23:40 da aysberg bilan to‘qnashgan, oradan ikki yarim soat o‘tgach, cho‘kib ketgan. Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan iborat 2224 kishidan 1513 kishi halok bo‘lgan.
Логин:
Пароль: