To`ylarga boradigan san`atkorlarning narxlari aniq belgilandi
- Категории: Yangiliklar
- Название: To`ylarga boradigan san`atkorlarning narxlari aniq belgilandi
- Дата релиза: 09-07-18, 14:05
Barchamizga ma`lumki bugungi kunda Respublikamiz bo`ylab to`y, yubiley tadbirlarini ixchamlashtirish maqsadida tarviqot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Misol uchun “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan ushbu targ`ibot-tashviqot ishlariga bevosita daxldorlik nuqtai-nazaridan ikki yo`nalish tadbirlarida ishtirok etadigan san`atkorlarning imtiyozli narxga ega ro`yxati shakllantirildi. Ushbu yo`nalishlarning birinchisi osh tadbirlari bo`lsa, ikkinchisi to`y va yubiley tadbirlaridir.
- Bundan ko`zlangan asosiy sabab to`ylarni ixchamlashtirish va xalqimizga engillik yaratishdan iborat. San`atkorlar tomonidan ko`rsatiladigan xizmat narxlari imtiyozli bo`lib, masalan, osh tadbirlarini o`tkazish 500 mingdan 800 minggacha, to`y va yubiley tadbirlarini o`tkazish esa 800 ming so`mdan 1,5 million so`mgacha belgilab qo`yilgan. Bu xalqimizning sharoitidan kelib chiqqan holda, ularga har tomonlama engillik yaratish maqsadida joriy etilgan narxlardir, - deydi “O`zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odil Abduqahhorov.
Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, fuqarolar o`z tadbirlariga ushbu ro`yxatda keltirilgan telefon raqamlariga bog`lanib, san`atkorlarni taklif etishlari mumkin bo`ladi. Bu ro`yxat “O`zbekkonsert” tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinadi va kengaytirib boriladi. Ro`yxat bugungi kunda faqat Toshkent shahri uchun belgilangan bo`lib, bir oy ichida Respublikadagi barcha tuman va shaharlar uchun ushbu imtiyozli ro`yxat yo`nalish bo`yicha shakllantiriladi.
- Toshkent shahridagi Olmazor tumanidagi FHDYo bo`limida tajriba asosida shuni boshladikki, endilikda qonuniy nikohdan o`tgan kelin-kuyovlar o`sha erning o`zida ro`yxatda ko`rsatilgan san`atkorlarni tanlab, ularga buyurtma qilishlari mumkin bo`ladi. Buning uchun maxsus stendlar tashkil etilmoqda, - deydi O.Abduqahhorov.
Manba: Darakchi.uz