Главная » Yangiliklar » Tojikistonda qotillik qilgan sartarosh bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi
Tojikistonda qotillik qilgan sartarosh bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi

Tojikistonda qotillik qilgan sartarosh bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tojikistonda qotillik qilgan sartarosh bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi
  • Дата релиза: 28-08-14, 21:57
Tojikistonda qotillik qilgan sartarosh bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi

Tojikiston Respublikasi Oliy sudi sartarosh Umed Teshayevni Tergov-qidiruv izolyatori rahbarini soch olish vaqtida o‘ldirgani uchun bir umrlik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Oliy sudning matbuot xizmatiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

 Joriy yilning 16-fevralida Teshayev Tergov-qidiruv izolyatori rahbari polkovnik Umar Qayumovni qaychi yordamida o‘ldirgan. Aprel oyida sartaroshga mazkur qotillik bo‘yicha 30 yillik qamoq jazosi belgilandi. Biroq Tojikistonning Xatlon viloyati sudi jazoni “o‘ta yengil” deb baholab, qayta ko‘rib chiqdi va Teshayevni bir umrlik qamoq jazosiga mahkum qildi.

 Umed Teshayev mazkur qotillikni nima maqsadda amalga oshirgani haqida ma’lumot berilmagan.

 Bundan avvalroq, sartarosh xizmatidan foydalanishga kelgan boshqa bir shaxsning sochini olayotganda ikki o‘rtada janjal kelib chiqqan. Sartarosh Teshayev tomonidan qaychi bilan berilgan 57 zarba natijasida mijoz halok bo‘lgan. Mazkur qotillik uchun Umed 17 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Логин:
Пароль: