Главная » Yangiliklar » Tolibon a’zolari 11 nafar saylovchining barmoqlarini kesib tashladi
Tolibon a’zolari 11 nafar saylovchining barmoqlarini kesib tashladi

Tolibon a’zolari 11 nafar saylovchining barmoqlarini kesib tashladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Tolibon a’zolari 11 nafar saylovchining barmoqlarini kesib tashladi
  • Дата релиза: 17-06-14, 14:12
Tolibon a’zolari 11 nafar saylovchining barmoqlarini kesib tashladi
Afg‘onistonda Tolibon harakati a’zolari o‘n bir nafar fuqaroning ko‘rsatkich barmoqlarini kesib tashladi. Bunga sabab aholining yakshanba kuni o‘tkazilgan prezident saylovida ishtiroki bo‘ldi. Yakshanba kunining o‘zidayoq 150 ta terrorchilik harakati yuz berib, unda 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
“Biz saylovga o‘z prezidentimizni saylash uchun tashrif buyurgan edik, — dedi jabrlanuvchilardan biri. — Shundan keyin bizni ushlab, barmoqlarimizni kesib tashlashdi”.
“Jabrlanuvchilarning barmoqlaridan hatto saylovlarda ishlatiladigan siyohning izi ketmagan edi, — deydi shifoxona rahbari. — Ularning barmoqlarini hech qanday anesteziyasiz, o‘tkir pichoq bilan kesib tashlashdi”.
Prezident saylovlarining ikkinchi bosqichida Afg‘onistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Abdullo Abdullo va sobiq moliya vaziri Ashraf G‘ani kurash olib bordi.
Логин:
Пароль: