Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul test sinovlarisiz amalga oshiriladi
- Дата релиза: 17-04-18, 08:47
O`zbekiston Prezidentining “Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda vazirlikning matbuot xizmati xabar beradi.
Hujjatga muvofiq, 2018/2019 o`quv yilidan boshlab TDYuU magistraturasiga to`lov-kontrakt asosida talabalarni qabul qilish kvotasi 150 nafar odamgacha oshiriladi.
2018/2019 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul test sinovlarsiz, o`qitish muddati davomiyligini bir yil qilgan holda amalga oshiriladi.
TDYuUning boshqaruv xodimlari, professor-o`qituvchilarni, ilmiy, o`quv-yordamchi, texnik va xizmat ko`rsatuvchi xodimlariga moddiy rag`batlantirish maxsus jamg`armasi hisobidan o`rnatiladigan har oylik ustamalar miqdori ikki baravarga oshiriladi.
Qaror bilan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi negizida TDYuU huzurida Xalqaro standartlar bo`yicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga o`qitish markazini tashkil etish belgilangan.
Manba: Darakchi.uz