Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobda turish osonlashmoqda
- Категории: Yangiliklar
- Название: Toshkent shahri va Toshkent viloyatida vaqtincha hisobda turish osonlashmoqda
- Дата релиза: 25-09-18, 15:52
"O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish tartibi to`g`risida"gi yo`riqnomaga kiritilgan o`zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.
Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, endilikda vaqtincha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro xizmat safari, mehnat ta`tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo`lsa, ijara yoki tekin foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etishi talab etilmaydi.
Manba: Darakchi.uz