Toshkent shahrida uyni ijaraga berish narxi qancha?
- Категории: Yangiliklar
- Название: Toshkent shahrida uyni ijaraga berish narxi qancha?
- Дата релиза: 31-03-18, 14:44
O`zbekistonda mol-mulkni ijaraga berishning 3 shakli – uy-joy, noturar joy va transport vositasini ijaraga berish shakli mavjud. Ma`lumki, soliq qonunchiligiga ko`ra, molk-mulkini ijaraga berish orqali daromad olayotgan jismoniy shaxslar belgilangan tartibda daromad solig`i to`laydi.
Ko`pchilikka ma`lum, bugungi kunda Toshkent shahrida oddiy ta`mirdan chiqarilgan, kerakli jihozlarsiz 1 yoki 2 xonali uyni ijaraga olishning o`rtacha narxi 800 ming so`mdan boshlanib 1,5 million so`mgacha borishi mumkin. Uyni ijaraga oluvchi va beruvchi o`rtasida esa ijara shartnomasi tuziladi. Sir emas, bugun ko`pchilik ijaraga beruvchilar shartnomada juda past miqdorni, masalan, 150-200 ming so`mni ko`rsatishadi. Va ana shu ko`rsatilgan summadan daromad solig`i to`laydi.
Aslida qonunchilikda uy-joy uchun ijara shartnomasi tuzishning tartibi va me`yorlari qanaqa?
Bu haqda O`zbekiston Milliy matbuot markazida Davlat soliq qo`mitasi tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi, deb yozadi O`zA.
Toshkent shahrida uyni ijaraga berishning belgilangan minimal narxi 1 kvadrat metr uchun 4,5 ming, viloyatlar markazlarida 3 ming, tumanlarda esa 1,5 ming so`m etib belgilangan.
Noturar joyni ijaraga berish narxi uy-joy narxining mos ravishda 2 baravari miqdorida.
Transport vositasini ijaraga berishda 2 xil summa belgilangan. Engil avtomobillar ijarasining minimal narxi 330 ming so`m, yuk avtombillari ijara narxi esa 645 ming so`mni tashkil qiladi.
Soliq kodeksining 181-moddasiga binoan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ining belgilangan 7,5 foiz stavkasi bo`yicha soliq solinadi.
Manba: Darakchi.uz