Главная » Yangiliklar » ​Toshkent sog`liqni saqlash tizimida rahbarlarni shahar hokimi tayinlaydi
​Toshkent sog`liqni saqlash tizimida rahbarlarni shahar hokimi tayinlaydi

​Toshkent sog`liqni saqlash tizimida rahbarlarni shahar hokimi tayinlaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Toshkent sog`liqni saqlash tizimida rahbarlarni shahar hokimi tayinlaydi
  • Дата релиза: 20-02-17, 16:26
​Toshkent sog`liqni saqlash tizimida rahbarlarni shahar hokimi tayinlaydi
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga o`zgartish kiritish to`g`risida”gi qarori talablariga muvofiq, Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig`i, shuningdek shahar tibbiy diagnostika markazlari, tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimiga, tegishli tuman hokimi bilan kelishilgan holda, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanishi belgilangandi.

Toshkent shahar Sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy organlaridagi kadrlar tarkibini tubdan qayta ko`rib chiqish hamda yuqori malakali mutaxassislar, halol, pok, vijdonli, mas`uliyatli xodimlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlari ko`rilib, mazkur talablar asosida sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini va boshqaruv organlari rahbarlarining malakasi hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini doimiy ravishda oshirib borish tizimini yaratish, ularning kasbiy tayyorgarlik va malaka darajasi bo`yicha egallab turgan lavozimiga munosibligi har yili tegishli davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan kelishgan holda attestasiyadan o`tkazib baholab boriladi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: