Главная » Yangiliklar » Toshkentda doimiy propiska qilish tartibiga o'zgartirishlar kiritiladi
Toshkentda doimiy propiska qilish tartibiga o'zgartirishlar kiritiladi

Toshkentda doimiy propiska qilish tartibiga o'zgartirishlar kiritiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Toshkentda doimiy propiska qilish tartibiga o'zgartirishlar kiritiladi
  • Дата релиза: 31-01-19, 01:56
Toshkentda doimiy propiska qilish tartibiga o'zgartirishlar kiritiladi
O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi muhokamaga qo`yildi.

Ushbu hujjat loyihasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan.

Mazkur hujjat bilan IIVning 2012 yil 1 maydagi 71-son buyrug`i bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Hujjat loyihasida doimiy propiskaga ega bo`lish uchun fuqarolar davlat xizmatlari ko`rsatishning soddalashtirilgan tartibini ta`minlaydigan elektron tizim orqali murojaat qilishlari mumkinligi qayd etilgan.

Loyihada fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq, doimiy yashash joylarida propiskadan o`tishlari va yoki turgan joylarida hisobda turishlari shartligi ko`rsatilgan.

Shuningdek, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo`lsa, turgan joyi bo`yicha hisobga olinmaganligi yoki doimiy propiskada turmaganligi fuqaroga xizmat ko`rsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.

Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab besh kun ichida doimiy propiskada turish yoki hisobga qo`yish uchun hujjatlar taqdim etishlari shart.

16 yoshga to`lmagan shaxslarni doimiy propiska qilish va hisobga olish ularning ota-onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslarning xohishiga ko`ra ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Buyruqqa bir nechta yangi bandlarni qo`shish taklif etilgan.

Masalan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni ro`yxatdan chiqarish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo`qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

«Turar joy mulkdori o`z oila a`zolarini va boshqa shaxslarni propiskadan o`tkazish huquqiga ega.

Bir nechta uyga yoki kvartiraga ega bo`lgan mulkdor ulardan faqat bittasigagina doimiy propiskadan o`tishi mumkin.

Harbiy xizmatga majbur shaxslarni propiska qilish ular mudofaa ishlari bo`yicha bo`limlarda harbiy hisobga qo`yilganlaridan keyin amalga oshiriladi. 16 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan fuqarolar harbiy hisobga qo`yilishlari kerak.

Chegara zonasida joylashgan aholi punktlarida doimiy propiskaga ega bo`lish va turgan joyi bo`yicha hisobda turish uchun ushbu zonaga kirishga yashash joyi bo`yicha ichki ishlar organlaridan chegara zonasiga kirishdan oldin belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi», - deyiladi buyruq loyihasida.

Bundan tashqari, fuqaroni propiska qilish, propiskadan chiqarish va hisobga olish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ham amalga oshirilishi mumkinligi keltirib o`tilgan.

Hujjat loyihasi shu yilning 13 fevraligacha muhokamaga qo`yilgan
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: