Toshkentda Huawei P9 smartfoni 3 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Toshkentda Huawei P9 smartfoni 3 mln so‘mdan sotuvga chiqdi
- Дата релиза: 14-06-16, 22:14
O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasining Huawei P9 smartfoni sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
Poytaxt bozorida u turli hajmdagi ichki va tezkor xotiraga ega ikki xil versiyada taklif qilinmoqda. Har ikkala qurilma ham to‘liq metall korpus va orqa paneldagi barmoq izi skaneri bilan jihozlangan.
Huawei P9 5,2 dyuymli va 1080×1920 pikselli Full HD-ekran, sakkiz yadroli Huawei Kirin 955 chipseti, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 12 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega. Standard versiyasida 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira bo‘ladi, Premium versiyasida esa bular tegishli ravishda 4 va 64 gigabaytga teng bo‘ladi. Smartfonlar EMUI 4.1 qobiqli Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.
Toshkentning “Fleshka” savdo majmuasida 32 Gb ichki xotiraga ega Huawei P9 smartfoni taxminan 3 million so‘mdan, 64 gigabaytlisi esa 3,6 million so‘mdan sotilmoqda.
Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.