Toshkentda O'zbekistondagi eng baland «Charxpalak» attraksioni ochiladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Toshkentda O'zbekistondagi eng baland «Charxpalak» attraksioni ochiladi
- Дата релиза: 20-12-18, 22:13
22 dekabr kuni soat 17:00 da Toshkentdagi «Anhor-Lokomotiv» bog`ida O`zbekistonda eng baland bo`lgan «Charxpalak» attraksioni foydalanishga topshiriladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ xabar berdi.
Eng yuqori nuqtasi 72 metr bo`lgan ushbu attraksion 48 ta yopiq turdagi kabinadan iborat (8 tasi VIP). Bularning har biri ajoyib chiroqlar va o`ziga xos bayramona illyuminasiya bilan bezatilgan bo`lib, poytaxt manzarasini yuqoridan tomosha qilishga barcha sharoitlar yaratildi. Bir vaqtning o`zida 272 kishiga xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan charxpalakning to`la aylanishi 12 daqiqani tashkil etadi.
Charxpalak attraksionining o`ziga xos nomi ham bor – "Anhor yulduzi". Bunday nomlanishida keng jamoatchilik faol ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqda e`lon qilingan tanlov asosida tanlab olingan.
Bundan tashqari, endi bog`ga tashrif buyuruvchilar avtomobilni qaerda qoldirish muammosi haqida bosh qotirmasa ham bo`ladi. Shu yilning 22 dekabridan boshlab bog` hududida 500 ta avtomobilga mo`ljallangan ko`p qavatli avtoturargoh o`z ishini boshlaydi.
Manba: Darakchi.uz