Toshkentda yana bir koreys universiteti filiali ochiladi
- Категории: Yangiliklar
- Название: Toshkentda yana bir koreys universiteti filiali ochiladi
- Дата релиза: 03-07-18, 11:09
Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma`lum qilindi.
Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Puchon universiteti tashkil etilib, unda maktabgacha ta`lim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, talab yuqori bo`lgan ta`limning boshqa yo`nalishlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlanadi.
Universitetga qabul 2018/2019 o`quv yilidan boshlab maktabgacha ta`lim, koreys tili, shuningdek, arxitektura va dizayn yo`nalishlari bo`yicha umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotga ega shaxslar o`rtasida kirish imtihonlari o`tkazish orqali amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlarini o`tkazish shakli, tartibi va muddati tegishli vazirliklar bilan kelishilgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tomonidan belgilanadi.
Manba: Darakchi.uz